Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 274-mashq.
- Ulardan
Savollar:
1. Son yozuvda qanday ifodalanadi? 2. Tartib son qanday raqamlar bilan yoziladi? 3. Arab raqami bilan ifodalangan tartib son qanday so‘zlar bilan qo‘llandai? 4. Rim raqami bilan ifodalangan tartib son qanday so‘zlar bilan qo‘llandai? 5. Arab raqami bilan ifodalangan tartib son qanday yoziladi? 6. Rim raqami bilan ifodalangan tartib son qanday yoziladi? 274-mashq. Quyidagi arab raqami bilan yozilgan sonlarni rim raqami bilan yozing. 16, 19, 35, 20, 1985, 18, 670, 556, 200, 300, 401, 8790, 769. 128 275-mashq. Gaplarni yozing. Otlashgan sonlarni topib, ularning gapdagi vazifasini aniqlang. 1. Birni kessang, o‘nni ek. (Maqol) 2. Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni. (Maqol) 3. Birning kasri – mingga, mingning kasri – tumanga. (Maqol) 4. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi. (S. Siyoyev) 5. Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotida satirik novellaga asos soldigina emas, u 20-yillardayoq birinchilardan bo‘lib ikkita katta roman – «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon»ni yozdi. (Gazeta- dan) 6. Mamadali amakining har yili beshta-oltita tug‘adigan kuchugi bu yil bittagina tug‘ibdi. (E. Raimov) 7. Men o‘n beshga kirganda, ayam o‘ldi. Hali qirqqa bormagandi. Yosh ketdi. (Oybek) 8. Men o‘rtamiyona baholarni yomon ko‘raman. Menga yo «besh», yo «ikki» qo‘ying. (F. Musajonov) 9. O‘n beshinchi tushmagur bir so‘zli, o‘jar odam ekan. (S. Ahmad) Olmosh 276-mashq. Gap juftlarida ajratilgan olmoshlarning oldingi gapdagi nimaga ishora qilayotganligi, nimani almashtirayotganligini aniqlang. 1. Mulozimlar bu xabarni Mahmudga yetkazib, kurashda ishtirok etishini o‘tinib so‘rabdilar. U rozilik bildiribdi. (H. Homidov) 2. Bir vaqt yo‘lni changitib, qatorasiga uch mashina keldi. Ularda ancha amakilar bor ekan. (Sh. Sa’dulla) 3. Yog‘ib turgan qor pardasi ortida uch-to‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham bor. Shunga yetsam yo‘lning yarmi qoladi. (P. Qodirov) 4. Sohilda kuchli shamol turgan vaqti ham ko‘p, biroq bunday shamollar aksari kechalari bo‘ladi.. (A. Rahmat) 5. Sahrolardagi dyunalarning bir yon- bag‘ri yotiqroq.. ikkinchisi tikroq bo‘ladi. Bunday tepaliklar barxanlar deb ataladi. (“Geografiya” darsligidan) 6. Bahrombekning ko‘z oldi qorong‘ilashib ketdi. Olti yarim yil! Ozodlikka chiqsam ham, shuncha yil umr ko‘rarmikanman? (“Yoshlik” jurnalidan) 7. Bayroqdorlar uchuvchiga nishon belgilab turishardi, buni endi bildi Qudrat. (H. Nazir) 8. Bir qassob do‘koni; buning yoniga suqilgan kichkina baqqolchilik. (Oybek) 9. Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilardim. Shuning uchun yuragim vahimadan uvushib ketayotgan bo‘lsa ham, boyagiday shoshilmay, 129 bo‘rilarni ko‘rmaganday bir maromda yurib borardim. Bir jihatdan menga osonrog‘i shu edi. (P. Qodirov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling