Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmoshning ma’no turlari 278-mashq.
Savollar:
1. Olmosh qanday so‘z turkumi? 2. Olmoshning ma’noviy xususiyati qanaqa? 3. Olmosh nutqda nimalarni almashtirib, nimalarga ishora qilib keladi? 4. Qaysi olmoshlar ot o‘rnida qo‘llanadi? 5. Qaysi olmoshlar sifat o‘rnida qo‘llanadi? 6. Qaysi olmoshlar son o‘rnida qo‘llanadi? 7. Qaysi olmoshlar ravish o‘rnida qo‘llanadi? 8. Qaysi olmoshlar fe’l o‘rnida qo‘llanadi? 9. Qaysi olmoshlar taqlid so‘z o‘rnida qo‘llanadi? 10. Qaysi olmoshlar so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanadi? 11. Qaysi olmoshlar gap o‘rnida qo‘llanadi? 12. Olmosh matn o‘rnida ham qo‘llanadimi? 277-mashq. 1- topshiriq. 267-mashqda ajratilgan olmoshlarni matndan angla- shilib turgan va o‘zi almashtirib kelayotgan so‘z, so‘z birikmasi, gap bilan almashtirib, gaplarni o‘qing. 2-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering. 1. Olmoshlarni o‘zi almashtirib kelayotgan so‘z, so‘z birikmasi, gap bilan almashtirganingizda qanday noqulaylik sezdingiz? 2. Shunga asoslanib olmoshning nutqdagi ahamiyatini tushuntiring. Olmoshning ma’no turlari 278-mashq. O‘qing. Kishilik olmoshlarini topib, shaxs va sonini ayting. 1. Men ham sen singari yigirma ikki yoshimda qaynab, toshib yurgan kezlarim edi. (M. Ismoiliy) 2. – E, e, akillay berasan-da, Safar! – dedi buqoq, – biz nima deyapmiz-ku, sen nima deyapsan! (A. Qodiriy) 3. Kel, qizim, mehmonlaring seni ancha kutib qolishdi-ku. (S. Zunnu- nova) 4. – Tag‘in nima deysiz? – Hech narsa demayman.. Lekin siz ikki yil burungi Kumush emassiz. (A. Qodiriy) 5. Begim.. sizda vijdon, insof, va’da, vafo, yaxhsilikni bilish, boringki, odamgarchilikdan hech gap yo‘q emish. (A. Qodiriy) 6. Siz qutlug‘ kunlarda yetib keldingiz, aziz birodarlar! (A. Muxtor) 7. Siz mardlar avlodi, sizdagi g‘urur Po‘lat nayza kabi o‘tkir, bukilmas. (G‘. G‘ulom) 130 8. Musulmonlar! Yaxshi deb yo‘lida jon berganing Azizbek bu kun sizlarga yaxshiligingizni o‘ttiz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi. (A. Qodiriy) 9. Zamira «A» tokchasi xatga to‘lib turganini ko‘rdi-yu, borib qo‘l soldi. Uning nomiga g‘alati bir konvert chiqdi: na adresi bor, na markasi va na pochta muhri. (P. Qodirov) 9. Shu zahoti qayoqdandir Ko‘kqashqa paydo bo‘ldi. U quyundek uchib kelib, bo‘rilarga tashlandi. (N. Fozilov) 10. Xudoga shukur, boylarimiz orasida saxovatli odamlar ham bor. Ular faqirlarga zakot beradilar, yalang‘ochlarni kiyintiradilar. (Oybek) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling