120
Tuxumsimon, chiroyli, kuzgi, ilk, nam, to‘ng‘ich, ho‘l, tinch, baland,
chuchuk, do‘ppili, tuzli, sobiq, oilaviy, devoriy, xomush, jingala, boy,
qizil, bo‘liq, tonggi, tekis, siniq, mazali, boloxonali, jiddiy.
Savol va topshiriq:
1. Asliy sifat nima?
2. Nisbiy sifat nima?
3. Qanday sifat darjalanish xususiyatiga ega?
4. Asliy va nisbiy sifatga 5 tadan misol keltiring.
261-mashq. Gaplarni o‘qing. Oddiy, qiyosiy va orttirma darajadagi
sifatlarni
aniqlab, ularni uch ustunchaga ajratib yozing. Qiyosiy
va orttirma darajadagi
sifatlarning qanday vosita orqali hosil bo‘lganligini ko‘rsating.
1. Mashina bir baland tepaning orqasiga o‘tib to‘xtadi.
(S. Anor-
boyev) 2. Belimda pul, boshimda savag‘ichdan to‘qilgan katta qafasda
kukkulab turgan bir juft qumri.
(G‘. G‘ulom) 3. Bularni sotgandan so‘ng
ketmonchilikka borib, kattaroq bir ketmon izlaydi. (
A. Qodiriy) 4. Pax-
tasini keltirib, xirmondagi eng katta to‘pga to‘ka boshladi. (
M. Ismoiliy)
5. Shirin mevalarga o‘rgangan og‘izlariga bu yerning nordon ne’matlari
yoqmadi.
(Oybek) 6. –Yo‘q, – dedi xatlar bo‘limining
mudiri bilim-
donlik bilan. – Mandarin bu po‘rtaxol, apelsindan kichikroq, limondan
shirinroq sitrus daraxtining mevasi.
(N. Aminov) 7. Jahonda eng shirin
qovunlar O‘zbekistonda yetishtiriladi.
(“O‘zbekiston milliy ensiklope-
diyasi”dan)
Savollar:
1. Sifat darajalari deganda nimani tushunasiz?
2. Sifatning qanday daraja shakllari bor?
3. Oddiy darajadagi sifat qanday shaklda bo‘ladi? Bu daraja qanday ma’noni
ifodalaydi?
4. Qiyosiy daraja qanday vosita orqali hosil bo‘ladi? Qiyosiy darajadagi sifat
qanday ma’noni ifodalaydi?
5. Orttirma daraja shakli qanday vosita orqali hosil bo‘ladi? Orttirma
darajadagi sifat qanday ma’noni ifodalaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: