Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 252-mashq.
251-mashq. Gaplarni o‘qing. Belgili va belgisiz shaklda qo‘llangan qaratqich
va tushum kelishigidagi otlarni ular tobe bo‘lgan hokim so‘z bilan birga ko‘chiring va ularning ba’zan kelishik qo‘shimchasi bilan, ba’zan esa kelishik qo‘shimchasisiz qo‘llanganini izohlang. 1. O‘zbekistonda ekiladigan qovun navlari to‘rt botanik turga mansub: handalak, amiri, kassaba va zard. (O‘zbekiston milliy ensik- lopediyasidan) 2. Bizda ekiladigan qovunning eng yaxshi, shirin «oq novvot», «shakarpalak», «qo‘ybosh» kabi jaydari navlari yetishtiriladi. (K. Mahmudov) 3. Yomg‘ir tomchilari bilan yuvilgan havoning pokiza yellari goh badanni chimchilab o‘tadi, goh seskantiradi. (Shuhrat) 4. Shitirlab yog‘ayotgan yomg‘irning tomchilari deraza oynalariga urilardi: u ba’zan narigi xonadagi yozuv mashinkasining chiq-chiqini ham bosib ketardi. (Mirmuhsin) 5. Temirjon qishloq qizlarining niho- yatda sho‘x, hazil-mutoyiba gaplarga chechan bo‘lishlarini ko‘p eshitgan edi. (J. Abdullaxonov) 6. Qishloqning sara yigitlari armiyaga – Vatan himoyasiga ketdilar. (I. Rahim) 7. Bu qishloqning suvi toza, zamini unumli, havosi yoqimli, dehqonlarining qo‘li barakali ekan. (G‘.G‘ulom) 8. Yoshlar kabob chaynashyapti, men bo‘lsa, qovunni qirg‘ichda qirib yedim. (I. Rahim) 9. Qovun yesang, sahar ye, sahar yemasang, zahar ye. (Maqol) 9. Eson bobo paykalni oralab, dumaloq, sariq, qoramtir xoli bor qovunni ko‘tarib chiqdi. (S. Yunusov) 10. Ham- roqul suvni ichib, biroz o‘ziga kelganday bo‘ldi. (A. Qahhor) 11. Orif aka tosh tagidan sizib chiqqan bir chashmadan yotib suv ichdi. (A.Muxtor) . 12. Bola suvni ko‘p sepib, yerni loy qilib yuborgan edi. (A.Qodiriy) 252-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi kelishik qo‘shimchasini ma’no- dosh qo‘shimcha bilan almashtiring. 1. Ibodilla otni bino oldidagi qator arg‘uvon daraxtlarining biriga bog‘lab qo‘ydi. (H. G‘ulom) 2. Yo‘lchi birinchi kun bozorni aylana- aylana, kechga qadar uch-to‘rt yerga yuk orqaladi. (Oybek) 3. Otabek masalaga tushungandek bo‘ldi va dahshat ichida Ali bilan yo‘lga tushdi. (A. Qodiriy) 4. U shaharga kirgandan keyin paxta tozalash zavodi yonidagi bekatda tushdi. (T. Ashurov) 5. Bo‘linma kechagina dushman batareyasi turgan tepalikni aylanib o‘tdi va jangsiz ilgariga 116 qarab yurdi. (A. Qahhor) 6. Adolat frontdan xat kelganiga xursand bo‘ldi. Xursand bo‘ldi-yu, Normatni, Olimjonni eslab o‘kindi. (I. Ra- him) 7. Amaki, o‘rikdan tanovul qiling, og‘zingizda erib ketadi. (X. To‘xtaboyev) 8. Yigit ular oldida pildirab borarkan, tinmay Azizxon qilayotgan ishlardan so‘zlab borardi. (S. Ahmad) 9. Bobomning bu Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling