Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar:
1. Son turkumi deganda qanday so‘zlarni tushunasiz? 
2. Son turkumi qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? 
3. Sonning qanday lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalari bor? 


124 
4. Son turkumiga mansub so‘z qanday so‘zlarga bog‘lanib keladi? 
5. Son gapda qanday bo‘lak vazifasida keladi? 
268-mashq. O‘qing. Sonlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring 
va ma’no jihatdan turini ayting. 
 
1. Quyoshga ters bir hujrada to‘rt kishi g‘uj bo‘lib, odatdagicha 
gurunglashib o‘tirishar edi. (Oybek) 2. U ikki qo‘lida uchtadan oltita 
choynak ko‘tarib, hovuz bo‘yidagi choyxo‘rlar oldiga ketayotgan 
Sidiqjonni ko‘rib, xuddi ko‘ziga ishonmaganday, turib qoldi. (A. Qah-
hor) 3. Tolibjon boyning besh o‘g‘li, uch qizi bor ekan. (Oybek) 4. Qur-
bonov cho‘ntagidan yon daftarcha chiqardi: – Bu kishiga o‘ttizta choy-
nak, yuzta paxta gulli piyola taqsimchasi bilan. (N. Aminov) 5. Uyda 
bitta yog‘och cho‘mich bor-u, bitta uchi yeyilib ketgan qora yog‘och 
qoshiq. (J. Sha-ripov) 6. Yigirma dona non kerak ekan. Narxi qan-
chadan? deb darrov so‘rab kel! (A. Qodiriy) 7. Oqburasoy bo‘ylarida 
ham, Chilmahram tog‘ining etaklaridagi ko‘kalamzorlarda ham yuzlab 
chodirlar va o‘tovlar paydo bo‘ldi. (P. Qodirov) 8. Sidiqjon yuzlarcha 
kishi og‘ziga qarab turgan majlisni ko‘z oldiga keltirib, juda katta 
tashvishga qoldi-yu, dami ichiga tushib ketdi. (A.Qahhor) 9. Ikkala ot 
bir qiyosda baravar qadam tashlab borar edi. (A. Qahhor) 10. Men sizga 
aytsam, katta ko‘rmaganni kichik ko‘radi, kichik ko‘rmaganni katta 
ko‘radi, ikkalasi birlashib qarasa, hech narsa ko‘zdan qochmaydi, deydi 
xalq. (A. Qahhor) 11. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagini oldirar, to‘rtov-
lon tugal bo‘lsa, unmaganni undirar. (Maqol) 12. Lekin o‘zlari to‘rt 
og‘a-ini edilar, to‘rtovi ham kal edi, barisi ham hunarli edi. («Ravshan» 
dostonidan) 13. Muqaddam besh-olti qadam orqada turar, qorong‘ilik-
da gavdasi elas-elas ko‘rinardi. (O‘.Hoshimov) 14. Fakultetimiz institut 
bo‘yicha umumiy ro‘yxatda beshinchi o‘ringa tushib qolibdi. (O‘. Ho-
shimov) 15. Xonada o‘ntacha eski, chang bosgan parta, kiraverishdagi 
devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi. (P.Tursun) 16. Koshki edi 
sizdagi hofiza quvvatining o‘ndan biri menda bo‘lsa! (M. Osim)

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling