Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
258-mashq. Berilgan gap juftliklarida ajratib ko‘rsatilgan sifatlarning qaysi so‘zga bog‘lanayotganini aniqlang. Bu sifatlar qaysi gapda tog‘ri, qaysi gapda noto‘g‘ri ishlatilganini ayting. 1. Dalalarni qalin qor qoplagan. Dalalarni quyuq qor qoplagan. 2. Ertalab qalin tuman tushdi. Ertalab quyuq tuman tushdi. 3. Oshpaz jazirama yog‘ga go‘shtni soldi. Yozning jazirama kunlari boshlandi. 4. Navro‘z kuni yurtimizda katta bayram bo‘ladi. Navro‘z kuni yurti- mizda yirik bayram bo‘ladi. 5. Televizordan xushchaqchaq qo‘shiq yangradi. Televizordan quvnoq qo‘shiq yangradi. 6. Kombinatda sun’iy tola ishlab chiqarilyapti. Kombinatda soxta tola ishlab chiqa- rilyapti. 7. Hoshimjon sirli qalpoqcha yordamida jinoyatchilarni fosh qildi. Hoshimjon sehrli qalpoqcha yordamida jinoratchilarni fosh qildi. 259-mashq. Berilgan gaplardagi sifatlarni topib, quyidagi ma’no guruhlariga ajratib yozing: 1) xususiyat bildiruvchi sifat, 2) holat bildiruvchi sifat , 3) rang- tus bildiruvchi sifat, 4) shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifat, 5) hajm-o‘lchov bildiruvchi sifat 6) maza-ta’m bildiruvchi sifat, 7) hid bildiruvchi sifat, 8) o‘rin va payt bilan bog‘liq belgini bildiruvchi sifat. 1. Bunday tuyg‘un, bunday ziyrak, bunday boadab qiz etti iqlimda ham topil-maydi. (Oybek) 2. Dunyodagi eng maroqli sayr bolalik yillari 119 o‘tgan ko‘chalar bo‘ylab sayr etish bo‘lsa kerak. (S. Siyoyev) 3. Hozir- gina don ortib o‘tgan mashina orqasidan ko‘tarilgan chang havoda mu- allaq turib qoldi. (S. Ahmad) 4. Endi uning osuda turmushini hech kim loyqata olmaydi. (S. Anorboyev) 5. Boyoqish ko‘p yaxshi odam edi; insofli, hamiyatli edi. (Oybek) 6. Eson bobo paykalni oralab, dumaloq, sariq, qoramtir xoli bor qovunni ko‘tarib chiqdi. (S. Yunusov) 7. Bahor keldi. Maktab sahnidagi o‘riklarni oq, pushti gullar bezadi. (P. Tursun) 8. Bu vaqt ular Horaqarg‘a degan dovondan oshib, ko‘z ilg‘amas, keng, tekis yaylovga chiqdilar. (A. Muxtor) 9. Domla kuni bo‘yi yelib-yugurib holdan toyganiga qaramay, ikkita og‘ir chamadonni mashinaga o‘zi olib chiqdi va bagajnikka o‘z qo‘li bilan joylashtirdi. (A. Qahhor) 10. Butun olam xushbo‘y, muattar gullarga burkanib olganday. (O. Yo- qubov) 11. Xorazm qovunlari juda shirin bo‘ladi: ko‘k novvoti, gurvak, shirinpechak.. (J. Sharipov) 12. Razzoq buqachining iti yovvoyi jiydaga oyog‘idan bog‘liq turardi. (S. Ahmad) 13. Avaz yarim soatcha dam tortib o‘tirdi-yu, bu tor, nimqorong‘i ustaxonadan zerikib chiqib ketdi. (S. Siyoyev) 14. Qora, kulrang, tillarang qo‘zichoqlar biram ko‘rkliki, ko‘rib ko‘zim to‘ymaydi. (M. Nazarov) 15. Ayyor boy qish va iliguzildi – bahor kezlarda o‘n bordon g‘allani dehqonlarga bo‘lib berib, kuzda yana yigirma bordon qilib yig‘ib olar edi. (Y. Shukurov) 16. Azim tollarning egri shoxlaridagi shokila-shokila popuklar yo‘lovchilarni salqinga chaqira boshladi. (H. G‘ulom)17. Poyezd bepoyon sahrodan borar edi, ertasiga ertalab biror soatga yaqin to‘xtab qoldi. (A. Qahhor) 18. Past, baland va qiyshiq uylar ora-sida reja bilan solingan chiroyli oq imoratlar uchrar edi. (A. Qahhor) 19. Nahotki u shundoq dangasa bo‘lib qoldi? Kitob o‘qishga qunti yo‘q. (Mirmuhsin) 20. U ko‘tarinki kay- fiyatda edi, kechagi, bugungi ish mahsulidan xursand. (M. Xayrullayev) 21. Komiljon ana shu bog‘ni tiklashga kirishgan, anchagina joyga kuzgi ko‘chatlar o‘tqazdirgan edi. (S. Zunnunova) 22. Mahkam yelpig‘ichga o‘xshatib qo‘yilgan biletlardan chetkisini tortdi. (P. Qodirov) 23. Ba- horgi harakat – kuzgi barakat. (Maqol) 23. Keksa temirchi chuchuk turp bilan osh yeyishni sevardi. (Sh. Rashidov) Sifatning ma’no turlariga 3-4 tadan misol ayting. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling