123
Devsifat, xomkalla, dilozor, bodomqovoq, kaltafahm, yoqavayron,
tepakal, hozirjavob, kulrang, osmono‘par, diltortar, yebto‘ymas, ocho-
fat,
tezpishar, balandparvoz, qirqyamoq,
yarimavtomat, bayramoldi,
suvosti, qimmatbaho, gadoytopmas, ikkiyuzlamachi, kamgap, kamqon,
otabezori, sohibjamol, cho‘rtkesar, oqbadan, ko‘kko‘z,
sarvqomat,
jigarrang.
Savol va topshiriq:
1. O‘zbek tlida qo‘shma sifat yasahning qanday qoliplari bor?
2. Ot + ot, sifat + ot, ot + sifat qolipli sifatlarga 5 tadan misol keltiring.
Son
267-mashq. Gaplardan sonlarni aniqlab, ularning ma’nosi, o‘ziga xos qo‘-
shimchasi, qaysi so‘zga bog‘langani va gapda qanday bo‘lak vazifasini bajara-
yotganini izohlang.
1. Ming daraxtning boshini bir bolta chopar.
(Maqol) 2. Unaqa og‘ay-
ni mingta-dan bitta!
(A. Qahhor) 3. Ko‘kish havo bilan chulg‘angan
jilg‘a etagida bir qora paydo bo‘lgan edi.
Bir zumda ikkov, uchov,
to‘rtov, beshov bo‘lishdi.
(P. Tursun) 4. O‘n olti ming qo‘y, ikki yarim
ming yilqi hazilakam boylik emas.
(P. Qodirov) 5. Og‘ir kulfatdan
minglab odamlar boshpanasiz qoldi.
(N. Safarov) 6.
XI asrda yashab
o‘tgan Nosir Xusravning ma’lumotlariga qaraganda, birgina Isfahonda
200 tacha sarrof bo‘lgan.
(“
Fan va turmush” jurnalidan) 7. Beshinchi
kun deganda ariqcha baland-pastliklardan o‘tib, eski izga tushdi.
(I. Ra-
him) 8. Hovlida besh-olti kishi g‘ivirlab yuribdi.
(O‘. Umarbekov)
9. G‘ulomjon nima qilayotganini o‘zi ham bilmay, qo‘shni darchaga
ikki hatlab yetib keldi.
(M. Ismoiliy) 10. U
bir gapirib, o‘n kular, gap
orasida Dildordan gina ham qilib qo‘yardi.
(S. Ahmad) 11. Uch yuz yi-
girma tonna portlatgich bir yarim kilometr masofadagi toshloqqa chu-
qur o‘rnatilgan.
(S. Ahmad) 12. So‘nggi 20 yil mobaynida Orol dengizi
sathi 8 marta pasayib, suv hajmi 393 kub kilometrga kamaydi.
(“
Fan va
turmush” jurnalidan)
Do'stlaringiz bilan baham: