Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar:
1. Sonning qanday ma’no turlari bor? 
2. Miqdor son nima? 
3. Tartib son deganda nimani tushunasiz? 
4. Miqdor sonning qanday ma’no turlari bor? 
5. Sanoq son nima? 


125 
6. Dona son qanday yasaladi? 
7. Chama son qanday yasaladi? 
8. Jamlovchi son qanday yasaladi? 
269-mashq. Gaplarni o‘qing. Bir so‘zining ma’nolarini aniqlang. 
 
1.
 
Deraza va eshikli, tagi taxtaband, usti tunukali ikki uy, bir oshxona, 
bir og‘il-xona va bir xashakxona – tamom! (A. Qodiriy) 2. 1989-yil Orol 
dengizining sathi yana bir metrga pasaydi. (“Fan va turmush” jurna-
lidan)  3. Bir vaqtlar bu uyga onasi bilan mehmon bo‘lib kelgan bir tatar 
qizi ruscha bir axloqiy romanni unutib qoldirgan. (Oybek) 4.Tojiboy 
taajjubda qolib, boshini liqillatdi: Bir o‘zingiz-a? Yopiray! Miyangiz 
achib, yuragingiz toshib ketmaydimi? (P. Tursun) 3. Jonzotlar ichida 
birgina odamzodga aql ato etib, yuragiga diyonatni joylabdi. (N. Nor-
qobilov) 5. Oqsoy qirg‘oqlardan oshib-toshadi. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan, 
mag‘rur daraxtlarni ag‘darib, arzimagan bir xasday oqizadi. (S. Anor-
boyev) 6. Keliningizga mana buni oldim, sizga uch-to‘rt bayramlikni 
bir qilib olib kelaman. (O‘. Umarbekov) 7. Mashina bir baland tepaning 
orqasiga o‘tib to‘xtadi. (S. Anorboev) 8. Kumush boshqalar bilan bir-
bir ko‘rishib chiqdi. (A. Qodiriy) 9. Ular uchun akademik ham bir, ko‘-
chada yotgan alkash ham bir. (T. Malik) 10. Mana bukun quling o‘rgil-
sin bir xiyobonki, ko‘lankasida yastanging keladi. (Oybek) 11. Yul-
duzxon unga yengilgina bosh irg‘adi va bir kulib qaradiki, Muhiddin 
shu vaqtgacha qizlar kulgisining bu qadar jozibali, chiroyli, issiq bo‘li-
shini sira uchratmagan edi. (R. Fayziy) 
 
Bir sonini turli ma’noda qo‘llab 4-5 ta gap tuzing. 
 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling