Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar:
1. Son yozuvda qanday ifodalanadi? 
2. Tartib son qanday raqamlar bilan yoziladi? 
3. Arab raqami bilan ifodalangan tartib son qanday so‘zlar bilan qo‘llandai?
4. Rim raqami bilan ifodalangan tartib son qanday so‘zlar bilan qo‘llandai?
5. Arab raqami bilan ifodalangan tartib son qanday yoziladi? 
6. Rim raqami bilan ifodalangan tartib son qanday yoziladi? 
274-mashq. Quyidagi arab raqami bilan yozilgan sonlarni rim raqami bilan 
yozing. 
16, 19, 35, 20, 1985, 18, 670, 556, 200, 300, 401, 8790, 769. 


128 
275-mashq. Gaplarni yozing. Otlashgan sonlarni topib, ularning gapdagi 
vazifasini aniqlang. 
1. Birni kessang, o‘nni ek. (Maqol) 2. Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi 
zo‘r mingni. (Maqol) 3. Birning kasri – mingga, mingning kasri – 
tumanga. (Maqol) 4. Nizomov oltmishni qoralagan baqaloq kishi edi. 
(S. Siyoyev) 5. Abdulla Qodiriy o‘zbek adabiyotida satirik novellaga 
asos soldigina emas, u 20-yillardayoq birinchilardan bo‘lib ikkita katta 
roman – «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon»ni yozdi. (Gazeta-
dan) 6. Mamadali amakining har yili beshta-oltita tug‘adigan kuchugi 
bu yil bittagina tug‘ibdi. (E. Raimov) 7. Men o‘n beshga kirganda, ayam 
o‘ldi. Hali qirqqa bormagandi. Yosh ketdi. (Oybek) 8. Men o‘rtamiyona 
baholarni yomon ko‘raman. Menga yo «besh», yo «ikki» qo‘ying.
(F. Musajonov) 9. O‘n beshinchi tushmagur bir so‘zli, o‘jar odam ekan.
(S. Ahmad)
 
 
Olmosh 
276-mashq. Gap juftlarida ajratilgan olmoshlarning oldingi gapdagi nimaga 
ishora qilayotganligi, nimani almashtirayotganligini aniqlang. 
1. Mulozimlar bu xabarni Mahmudga yetkazib, kurashda ishtirok 
etishini o‘tinib so‘rabdilar. U rozilik bildiribdi. (H. Homidov) 2. Bir vaqt 
yo‘lni changitib, qatorasiga uch mashina keldi. Ularda ancha amakilar 
bor ekan. (Sh. Sa’dulla) 3. Yog‘ib turgan qor pardasi ortida uch-to‘rt 
g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz 
ham bor. Shunga yetsam yo‘lning yarmi qoladi. (P. Qodirov) 4. Sohilda 
kuchli shamol turgan vaqti ham ko‘p, biroq bunday shamollar aksari 
kechalari bo‘ladi.. (A. Rahmat) 5. Sahrolardagi dyunalarning bir yon-
bag‘ri yotiqroq.. ikkinchisi tikroq bo‘ladi. Bunday tepaliklar barxanlar 
deb ataladi. (Geografiya” darsligidan) 6. Bahrombekning ko‘z oldi 
qorong‘ilashib ketdi. Olti yarim yil! Ozodlikka chiqsam ham, shuncha 
yil umr ko‘rarmikanman? (“Yoshlik” jurnalidan) 7. Bayroqdorlar 
uchuvchiga nishon belgilab turishardi, buni endi bildi Qudrat.
(H. Nazir) 8. Bir qassob do‘koni; buning yoniga suqilgan kichkina 
baqqolchilik. (Oybek) 9. Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk 
ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilardim. Shuning uchun yuragim 
vahimadan uvushib ketayotgan bo‘lsa ham, boyagiday shoshilmay, 


129 
bo‘rilarni ko‘rmaganday bir maromda yurib borardim. Bir jihatdan 
menga osonrog‘i shu edi. (P. Qodirov) 


Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling