Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Savollar: 1. Kishilik olmoshiga qaysi olmoshlar kiradi? 2. Shaxs ma’nosi deganda nimani tushunasiz? I shaxs, II shaxs, III shaxs degan- da nima tushuniladi? 3. III shaxs kishilik olmoshining I, II shaxs olmoshlaridan farqi nimada? 4. Mashqdagi qaysi misollarda siz olmoshi birlik ma’nosida, qaysilarida ko‘plik ma’nosida qoʻllamilgan? 279-mashq. Berilgan jadvaldagi kataklarga tegishli kishilik olmoshlarini yozib chiqing. Son Shaxs Birlik Ko‘plik I shaxs II shaxs III shaxs Savollar: 1. Kishilik olmoshlari shaxs ma’nosiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi? 2. Kishilik olmoshlari son ma’nosiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi? 3. Siz va ular olmoshini birlik va ko‘plik ma’nosida qo‘llab gap tuzing. 280-mashq. Gaplardagi sen va siz olmoshlarining ma’nosi va qo‘llanish sababini tushuntiring. 1. – Sening muddaong, – dedi hoji, – marg‘ilonlik kelinni o‘g‘lingdan ajratib yuborish va bu kelining bilan qoldirish – shundog‘mi? (A. Qo- 131 diriy) 2. Siz esingizni yeb qo‘yibsiz, o‘g‘lingizni marg‘ilonlikka top- shirib qo‘yib, yana el ichida boshingizni ko‘tarib yurmoqchi bo‘la- sizmi? (A. Qodiriy) 3. Ma, ye shuni, bolajonim, atayin senga ilinib olib keldim. (Sh. Sulaymon) 4. Men siyohbaxt dunyoga kelmagan bo‘lsam edi, sizga munchalik kulfatlar, munchalik anduhlar yo‘q edi. (A. Qo- diriy) 5. – Siz shu yerda andak o‘tirib turing, opa! – dedi haligi qirra- burun odam. (P. Tursun) 6. – Nizomiddinov, – dedi rais o‘rnidan turib, – siz odamlarning vaqtini olayotirsiz axir. (A. Qahhor) 7. Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, qiyosingni topmadim aslo. (A. Oripov) 8. Dilda neki hayajon – Bari-bari senga bo‘lsin, Senga bo‘lsin, onajon. (A. Ori- pov) 9. Sendek itdan bizga qipchoq yaxshi! – Xalqning bu javobi ishning na darajaga etganini anglatar edi. (A. Qodiriy) 10. – Men senga aytsam, do‘stim, – dedi Elmurod, – xursandchiligim ichimga sig‘maydi. (P. Tursun) 11. Boy, men o‘ylagan bu ishga siz ham bosh qo‘shsangiz, savob bo‘larmidi? (N. Safarov) 12. Sen ham mening o‘g‘lim tengisan, hovling qarovsiz qolib, juda befayz bo‘lib qopti. (S. Ahmad) Sen va siz olmoshlarining ma’nosi va qo‘llanishidagi farq nimada? Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling