139
Fe’l nisbatlari
294-mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarning shakli va ma’nosidagi farqni aniq-
lang. So‘ng fe’llarni quyidagi guruhlarga ajratib yozing:
1) harakatning bajaruvchisi ega bo‘lib keladi va harakatni bevosita o‘zi
bajaradi;
2) bajaruvchi bu harakatni boshqa birovning buyrug‘i, ta’siri,
iltimosi va
hokazo asosida bajaradi;
3) harakatning bajaruvchisi noaniq;
4) bajaruvchi harakatni o‘z ustiga oladi, harakat bajaruvchining o‘ziga qaytadi;
5) harakat bajaruvchisi bu harakatning bir nechta ishtirokchisidan biri.
1. Qirmizxon tushayotib, oldingi o‘rindiqdagi tugunni oldi.
(N. Ami-
nov) 2. Toshkentdagi Yusufbek hoji to‘dasidan amaliy choralar ko‘r-
satilib yozilgan javob maktubi olindi.
(A. Qodiriy) 3. Qutbiddinlar ikki
kun davomida lojuvard konini o‘rganishdi, o‘n
kilogramcha namuna
olishdi.
(S. Karomatov) 4. Mohira oyim har bir hayitda biror oylar ilgari
eriga aytib, bolalariga kiyimlik oldirar edi.
(A. Qodiriy) 5. Sanobarxon
oyog‘iga paytava o‘rab, mahsisini kiydi.
(S. Zunnunova) 6.
Abror
asabiylashib, parishonlanib kiyindi.
(O. Muxtorov) 7. Arslon naridan-
beri ovqatlanib, qayta kiyindi-da, stadionga – futbolga ketdi.
(Mirmuh-
sin) 8. Qorovulxonada ularga hech kim indamadi, yo‘lakda qo‘llariga
bittadan
karbid fonar olib,
boshlariga kaska kiyishdi-da,
konga kirib
ketishdi.
(A. Muxtor) 9. Eshitganlar
shoirga rahmat aytib, biri to‘n
kiydirib, biri ot mindiribdi.
(Shukrullo) 10. Ikkovimiz ham bir institutda
o‘qidik. U ham a’lochi edi, – dedi Elmurod.
(Shuhrat) 11. Po‘latjon
akamlar bizni maktabda o‘qitganlar. U kishidan umr bo‘yi qarzdormiz.
(Mirmuhsin) 12. Shayboniyxon hali hech qaysi jangga bunchalik jon-
jahdi bilan tayyorlangan emas.
(P. Qodirov) 13. Nazarov bo‘linmasini
oshxonaga olib bordi. Qaynoq karam sho‘rva, seryog‘ bo‘tqa va javdari
non berildi.
(H. G‘ulom)
Do'stlaringiz bilan baham: