Ona tili va bolalar adabiyoti


Savollar:  1. Bo‘lishsizlik olmoshi qanday hosil bo‘ladi?  2. Gapda bo‘lishsizlik olmoshi qo‘llanganda kesim qanday shaklda bo‘ladi?  Fe’l


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar: 
1. Bo‘lishsizlik olmoshi qanday hosil bo‘ladi? 
2. Gapda bo‘lishsizlik olmoshi qo‘llanganda kesim qanday shaklda bo‘ladi? 
Fe’l
289-mashq. Matnni o‘qihg. Fe’llarni aniqlab, qanday so‘roqqa javob bo‘lishi, 
turi (mustaqil yoki yordamchi fe’l ekanligi), gapdagi vazifasini ayting. Harakat va 
holat bildiruvchi fe’llarni ikki guruhga ajratib yozing. 
Urush vaqti edi. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan 
yigirma besh chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. Harbiy 
xizmatdagi akamning xotini qish kunlarida qattiq betob bo‘lib qoldi-yu, 
shahardan oyimni chaqirib keling, deb iltimos qildi. 


136 
U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi bilan band edi. 
Men piyoda yo‘lga chiqdim. Yog‘ib turgan qor pardasi ostida uch-to‘rt 
g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz 
ham bor. Shunga yetsam, yo‘lning yarmi qoladi.
Atrof biyday dala. Bir vaqt yo‘lning chap tomonida qandaydir sharpa 
sezganday bo‘ldim. Durustroq qarasam, mendan yuz qadamcha narida 
ikkita kulrang jonivor turibdi. Men avval ularni it deb o‘yladim. Shu 
atrofda yoyilib yurgan qo‘y qo‘rasi bordir deb, yon-verimga alangladim. 
Lekin ko‘z ilg‘aydigan joyda bironta qo‘y yoki poda ko‘rinmas edi. Biri 
cho‘nqayib olgan, ikkinchisi tikka turgan va meni sergaklanib kuzata-
yotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo‘ri ekan-
ligini tushundim-u, etim junjikib ketdi. Bir lahza o‘zimni yo‘qotib qo‘y-
dim. Keyin sal hushimni yig‘ishtirib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘z-
o‘zidan yurib ketyapti. To‘xtashga ham, jadallashga ham, avzoyimni 
o‘zgartirishga ham jur’at yo‘q. To‘g‘riga qarab avvalgiday yurib ket-
yapman-u, butun vujudim bilan bo‘rilar tomonga quloq solaman. Menga 
qarab kelishsa, shitiri eshitiladi-ku, deyman. 
Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men 
buni yaxshi bilardim. Shuning uchun yuragim vahimadan uvushib 
ketayotgan bo‘lsa ham, boyagiday shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmagan-
day bir maromda yurib borardim. (P. Qodirov) 
Savollar: 
1. Fe’l turkumiga kiruvchi so‘zlarning umumiy ma’nosi nima? 
2. Mustaqil va yordamchi fe’l deganda nimani tushunasiz? 
3. Tuslanishli va tuslanishsiz fe’l deganda nima tushuniladi? 
4. Fe’l qanday shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan o‘zgaradi? 
5. Fe’l gapda qanday vazifalarni bajardai? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling