Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 293-mashq.
291-mashq. Nuqtalar o‘rniga demoq, aytmoq, gapirmoq, so‘zlamoq nutq
fe’llaridan mosini qo‘yib gaplarni o‘qing. Bu so‘zlarning qo‘llanishidagi farqni tushuntiring. 1. – Naziraxon juda odamshavanda, yaxshi qiz ekan, shu qizni kelin qilsak qanday, bo‘larkin, – …di Saodat. (F. Musajonov) 2. Ikki tomon tog‘.. – …di Hafiza mashina oynasidan baland tog‘larga ag‘rayib, – muncha chiroyli! (Mirmuhsin) 3. – Tariqcha insof bormi sizda! – 138 bo‘g‘ilib …di O‘ktam. (Oybek) 4. Gulandom dutorni olib sozlarkan, …di: – Dutor bo‘lmasa, bu zindonda yuragim yorilib o‘lar edim. (Oybek) 5. Ona bir navi yashab turganini, qudasi Jo‘ravoy aka uch-to‘rt kelib xabar olganini …di. (H. G‘ulom) 6. Oysha xola qalbdan silqib chiqqan mehribon bir ohangda …di. (S. Zunnunova) 7. Oz …, ko‘p tingla. (Maqol) 8. Nonushta pirovard bo‘lguncha, domla sharq tabobati va uning mashhur kishilari to‘g‘risida …di. (A.Qahhor) 8.Qatnashuv- chilarning ko‘pchiligi, ozmi-ko‘pmi, yaxshimi-yomonmi, ishqilib, …di. (A. Qahhor) 9. Jabborov texnikani yana bir sidra ko‘zdan kechi- rish uchun besh kun imkoniyat borligini …di. (N. Hayitqulov) O‘timli va o‘timsiz fe’l 292-mashq. Berilgan fe’llarni o‘timli va o‘timsizga ajratib yozing. O‘timli fe’llarni tushum kelishigidagi so‘z bilan bog‘lab so‘z birikmasi tuzing. Shu so‘z birikmalalaridan ikki-uchtasi ishtirokida gap tuzing. Namuna: arralamoq – o‘tinni arralamoq. Bolalar o‘tinni arralayapti. Arralamoq, uyalmoq, kesmoq, qurimoq, qurmoq, qizarmoq, kel- moq, olmoq, shamollamoq, o‘qimoq, eshitmoq, ketmoq, yurmoq, qizi- moq, turmoq, termoq, tortmoq, bo‘yamoq, uchmoq, qiyshaymoq, kul- moq, ichmoq. 293-mashq. O‘qing, o‘timli va o‘timsiz fe’llarni aniqlang. Ko‘chirib, o‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga aylantirgan qo‘shimcha tagiga bir to‘g‘ri chiziq, o‘timsiz fe’lni o‘timliga aylantirgan qo‘shimcha tagiga to‘lqinli chiziq chizing. Yoz, yozildi, uyaltirdi, ko‘rindi, egildi, qizartir, ko‘rin, sindir, o‘chir, uzildi, buzildi, pishir, kuldir, charchatdi, o‘ylandi, chayqaldi, kiritdi, isit, qurildi, ko‘tarildi, kamaytirdi, bezandi, uxlatdi, bo‘yaldi, tushirdi, yasat- di, kiyin, teshildi, o‘tkazdi. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling