Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
Fe’lning ma’no turlari 
 
290-mashq. Berilgan gaplardagi fe’llarni quyidagi ma’no turlariga ajratib 
yozing: 1) harakat fe’llari, 2) nutq fe’llari, 3) holat fe’llari, 4) natijali faoliyat 
fe’llari, 5) tafakkur fe’llari, 6) munosabat fe’llari. 
1. Otlar o‘z-o‘zidan asta-sekin yurib ketdi. (A. Qahhor) 2. Eshik 
oldiga yetganida, negadir o‘zining ham o‘sha yoqqa talpinayotganini 
sezib, hayajon ichida tutqichni ushladi. (O‘. Hoshimov) 3. Ko‘chada 
gursillab devorlar yiqiladi, sharaqlab daraxtlar qulaydi. (A. Qahhor)


137 
4. Charchabsan, azamat, yur endi, blindajga kirib uxlab ol. (I. Rahim) 
5. Sekinroq gapir, o‘g‘lim, xon ayg‘oqchilari daydib yurishibdi. (J. Sha-
ripov) 6. Juvon davrani uch aylangandan keyin o‘zi singari kiyingan bir 
yigitni tortdi. (A. Qahhor) 7. Juftlik yolg‘iz kishilar orasidagina emas, 
yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor – dedi Anvar. (A. Qodiriy)
8. Boboqul otani buzoqning haqi bor deb sut ichmaydigan avliyo sanab, 
ixlos qo‘ygan edi-yu! Sherbek xafa bo‘ldi. (S. Anorboyev) 9. –Yo‘q, 
oyi, hech nima kerak emas, – yana muloyim gapirdi qizi, – kuyovingiz-
ni jo‘nataman, deb charchadim. (Oybek) 11. Ularni kuzatib o‘tirgan 
Sunbulxon aya ich-ichidan quvonardi. (Mirmuhsin) 12. Suq to‘ymas, 
o‘g‘ri boyimas. (Maqol) 13. Siz ko‘pni ko‘rgansiz. Sizni eshitsak, 
aqlimizga aql qo‘shiladi, otaxon, so‘zlayvering. (S. Anorboyev)
14. O‘ylamay qilingan ish – boshga keltirar tashvish. (Maqol) 15. Hayot 
faqat jang, mehnat emas, fikrlashdan ham iborat. (Shukrullo) 16. Buvim 
oyimlarni yaxshi ko‘rardilar. Hozir ham sira tillaridan qo‘ymaydilar. 
(ERahimov) 17. Shaharda uch qavatli oynavand yorug‘ binolar qurilib, 
to‘g‘ri ko‘chalar ochildi. (Mirmuhsin) 18. Dadam taqachilikni jinidan 
battar yomon ko‘rsa ham, taqa yasashga kirishdi. (A. Qahhor) 19. Huj-
radan ikkita savag‘ich topdim-da, rostakam katta varrak yasashga 
tushdim. (H. Nazir) 20. Badia otining oldiga kelib, uni erkaladi, egar, 
jabduq urib, qayishlarini mahkam tortib bog‘ladi. (Mirmuhsin) 21. Ja-
nob Ahmadbek, kamina bog‘larning suratini chizganda, bir chetida 
bog‘bonni ham tasvirlashim mumkin. (P. Qodirov) 22. Sherbek yigit-
ning yuzsizligidan nafratlandi. (S. Anorboyev) 23. Abduvahob gulzor 
orqasidagi xonadan bir necha arralangan g‘o‘lalarni ko‘tarib chiqdi. 
(Sh. Toshmatov) 
 
Fe’lning ma’no turlariga 5 tadan misol keltiring. Har bir ma’no turiga kiruvchi 
fe’l ishtirokida bittadan gap tuzing. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling