Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Fe’l zamonlari 
307-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’llarning zamonini aniqlang. Zamon ma’no-
sini ifodalagan qo‘shimchalarning tagiga chizing. O‘tgan, hozirgi va kelasi za-
monni ifodalagan fe’llarni uch guruhga ajratib yozing.
1. Kech soat o‘nga yaqin poyezd jo‘nadi-yu, u derazadan qo‘l silkita-
silkita ko‘rinmay ketgan Gavharni ko‘z oldidan ketkazolmay, vokzal-
dan sekin chiqdi. (P. Qodirov) 2. Tog‘asi o‘sha kitobni o‘qibdi. Keyin 
kitobdan o‘rganganlarini ishga solibdi. Natijada so‘ridagi uzumlarni 
yetishtiribdi. (N. Maqsudiy) 3. Qarshi tomondagi boloxonada Iqbol 
xolaning sarishta qo‘llari bilan ipga tizilgan marjon-marjon garmdorilar 
osilib turibdi. (O‘. Hoshimov)
4. Qarshida o‘riklar allaqachon danak 
qotirib qolgan, bu yoqlarda bo‘lsa, endi gullayapti. (S. Ahmad) 5. Kitob 
bir necha ming yillar avval paydo bo‘lgan, bu davrda u turli xil ko‘ri-
nishda bo‘lgan. Bobilliklar, ossuriyaliklar va boshqa qadimgi xalqlar 
kitobni loydan tayyorlashgan. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 6. Imom 
g‘azab bilan o‘rnidan turib, Safar bo‘zchiga xezlangan edi, uni Samad 
buqoq ushlab qoldi. (A.Qodiriy) 7. Ariqlar bo‘yida o‘tlar ko‘karib, 
chuchmomalar gullabdi, qizchalar, ukam tengi bolalar to‘p-to‘p bo‘lib 
jag‘jag‘, otquloq uzishyapti, ko‘k beda terishyapti. (X. To‘xtaboyev)
8. Qalandarov idoraga kirib ketayotgan edi, eshikdagi kattakon e’lonni 


146 
ko‘rib to‘xtadi. (A. Qahhor) 9. Tezroq tuzatib beringlar, bugun-erta 
nevaram askarlikdan keladi. (T. Ashurov)
 
10.
Ko‘ksoy o‘zanidan ko‘ta-
rilayotgan quyuq tuman archazor ustiga salobat bilan bostirib bormoq-
da. (S. Anorboyev) 11.Qip-qizil quyosh barkashi qoyalar uchlarini ham 
qizilga bo‘yab botayotir. (M. Mahmudov) 12. Bir donodan so‘ragan 
ekanlar: “Kim polvon?” U ikkilanmay: “Farzand dog‘iga chidagan 
ona!” – degan ekan. (Shuhrat) 13. Yaqin orada dekanatdan ruxsat olib, 
qishloqqa boraman. (O‘. Hoshimov)
14. Uchqur zamon bilan qalqib, chayqalib,
Charx urib boraman girdoblar aro. (E. Vohidov) 
15. Hozir Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan har kim o‘z bilganicha 
ishlatib, foydalanmoqda. (Fan va turmush” jurnalidan) 16. Alla-
qayerda kuyib-pishib bedana sayraydi. (Shuhrat) 17. Jon qizim, eringni 
izzat qil! Qaynanangni izzat qil! Ertalab salomga chiqayotibsanmi? 
(A.Qahhor) 18. Ammo tashvishlanmang, tuzalib ketarlar. (O‘.Umar-
bekov) 19. Zalning o‘rtasida marmardan ishlangan hovuzcha, zilol 
suvlar sekin oqadi: tabiiy issiq havoga bir oz orombaxsh salqinlik 
beradi. (Oybek) 20. Bekitmay qo‘ya qoling. Sizning usta fokuschi ekan-
ligingizni hamma biladi. (F. Musajonov) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling