Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
310-mashq. Quyidagi fe’l shakllarini uch shaxsda tuslang. Ularni tuslanish xu-
susiyatiga ko‘ra to‘rt guruhga ajrating.
Kel, kelyapti, kelayotir, kelibdi, kelgan, keldi, kelibdi, kelar ekan
o‘qidi, bor-gani, o‘qigan edi, o‘qisa. 
 
311-mashq. Gaplarni o‘qing. Boshqa shaxs-son shakli o‘rnida qo‘llangan 
shaxs-son qo‘shimchalarini aniqlab, ma’nosini izohlang. 
1. Bir qancha vaqtdan buyon vajohatli, salla-kallali ulamo, mudarris, 
a’lamlar orasida qoldim. Kelishadi, qaytara olmaysan. Juda xunob 
bo‘ldim. (Oybek) 3. Mana shunday serma’no ulfatchilikdan foydalanib, 
kamina siz yoshlarga bir-ikki og‘iz so‘z aytmoqchi. (O‘. Usmonov)
4. – Xush kelibdilar, qozi domla, – dedi. – Xushvaqt bo‘lsinlar, qulluq. 
– Qadami muboraklari bilan bizni sarafroz ayladilar. (M. Ismoiliy)
5. G‘aybarov orzu qildi: Uxlasang, hech kim uyg‘otmasa, hech qachon 
uyg‘onmasang, og‘riq sezmasang… Dengiz, uning beshik-beshik 
to‘lqinlari seni ko‘mib yuborsa-yu qaytib turmasang. (M. M. Dost)
6. Hammang or qilasan, – dedi Mahanboy. (M. M. Dost) 7. Balli, men 


149 
ham oz-moz odam taniyman. Maktabning ko‘pini ko‘rdik, uka. (M. M. 
Dost) 8. Men piyoda yo‘lga chiqdim. (P. Qodirov) 9. Be-e, menda 
po‘lat nima qiladi, taqsir. Eski taqalar, temir-tersaklar bilan zo‘rg‘a 
qimirlab turibmiz. (M. Ismoiliy)10. Mahamat chatoq raisning gapini 
bo‘lib, yana “e-e” deb qo‘l siltadi. – Qo‘l siltamang! Nimaga biz buncha 
kerilamiz o‘zi, qani ayting-chi? Nari borsa omi bir odam bo‘lsak…
(O‘. Umarbekov)
 
Fe’lning vazifa shakllari 
 
312-mashq.. Tuzgan gaplaringizda fe’l vazifa shakllarining qaysi gap bo‘lagi 
bo‘lib kelayotganligini aniqlang. Berilgan harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, sof 
fe’l shakllarini qatnashtirib 5-6 ta gap tuzing.
1. Sug‘orish, archish, pshirish, kuylamoq. 
2. Ochilgan, ekkan, bergan, bukilmas. 
3. Shoshib, ko‘rgani, kelgach, borguncha. 
4. Chiqdik, borsin, teringlar, pishiraman. 

Savollar: 
1. Fe’lning vazifa shakli deganda nimani tushunasiz? 
2. Sof fe’l nima? Sof fe’l qaysi gap bo‘lagi vazifaida keladi? 
3. Harakat nomi fe’lning qanday shakli? Harakat nomi qaysi gap bo‘lagi bo‘lib 
keladi? 
4. Sifatdosh fe’lning qanday shakli? Sifatdosh qaysi gap bo‘lagi vazifaida 
keladi? 
5. Ravishdosh fe’lning qanday shakli? Ravishdosh shaklidagi fe’l qaysi gap 
bo‘lagi vazifasini bajaradi? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling