Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
313-mashq. Gaplarni o‘qing. Harakat nomini topib, yasalishi, ma’nosi otga va
fe’lga xos belgilarini ayting; gapdagi vazifasini izohlang. 1. Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq. (Maqol) 2. Karima Oysha opadan dastlab bolalarni sevishni o‘rgandi. (S. Zunnunova) 3. Butun dunyodagi bizga o‘xshash mehnatkashlar bilan bir safda urushga qarshi, tinchlik uchun kurashmoq burchimiz. (Oybek) 4. Shun- dan boshlab Oysuluvning har kuni kunbotarda Ko‘zyoshibuloq tomon- ga qatnovi boshlandi. (S. Anorboyev) 5. Huzuringizga kelishimning bosh sababi shundadir! – dedi Hasanali. (A. Qodiriy) 5. Hayot faqat jang, mehnat emas, fikrlashdan ham iborat. (Shukrullo) 6. Til bilmaslik 150 birinchi haftalarda ularni qattiq qiynadi. (Oybek) 7. Biz Vatanni sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak. (X. Davron) 8. Matqovul quduqdan suv tortib turib, bu yoqqa qarab-qarab qo‘yar, qulog‘iga yetib kelgan gaplarni eshitmaslikka tirishar edi. (M. Ismo- iliy) 9. Mamlakatimizning mustaqillikka erishuvi arafasida va mustaqil- likning dastlabki yillarida til siyosatida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. 10. Jabr-zulmga qarshi, huquqsizlikka qarshi kurashmoq kerak. (Oy- bek) 11. Yashagan sayyorangni Bilmoqlik farz, debdilar. (A. Oripov) 314-mashq. Berilgan gaplardagi fe’l kesimlarni namuna asosida harakat nomili birikmaga aylantiring. Namuna: Yozuv bundan 4-5 ming yil oldin kashf qilingan. – Yozuvning kashf qilinishi insoniyat taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. 1. Yerda fasllar doimiy ravishda almashinib turadi. 2. Yaxshi kay- fiyat sog‘liqni mustahkamlaydi. 3. Soy shovullab oqyapti. 4. Qayerdadir bedana sayrayapti. 5. Hasadgo‘y kishi birovning muvaffaqiyatini ko‘rolmaydi. 6. Ba’zi kishilar to‘yda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymoqda. 7. Keyingi yillarda yoshlarimizning kitob o‘qishga qiziqishi ortmoqda. 8. Nodirjon hech kimning dilini og‘ritmaydi. 9. Yozuv bundan 4-5 ming yil oldin kashf qilingan. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling