Ona tili va bolalar adabiyoti


Fe’lning harakat tarzi shakllari


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
Fe’lning harakat tarzi shakllari 
320-mashq. Berilgan gaplarni o‘qing. Olmoq, tashlamoq va boshlamoq fe’li 
gaplarga qanday qo‘shimcha ma’no berayotganligi va fe’lning qaysi shakli bilan 
birikib kelayotganini ayting. 
1. Nodir masalani yechdi. – Nodir masalani yecha oldi. – Nodir 
masalani yechib tashladi. 2. Sobir to‘nkani yordi. – Sobir to‘nkani yora 
oldi. – Sobir to‘nkani yorib tashladi. 3. Bolalar yerni ag‘dardi. – Bolalar 
yerni ag‘dara boshladi. – Bolalar yerni ag‘darib tashladi. 4. Ustalar 
devorni tikladi. – Ustalar devorni tiklay boshladi. – Ustalar devorni 
tiklab tashladi. 5. Kombayn bug‘doyni o‘rdi. – Kombayn bug‘doyni 
o‘ra boshladi. – Kombayn bug‘doyni o‘rib tashladi. 


Savollar: 
1. Fe’lning harakat tarzi shakllari daeganda nimani tushunasiz? 
2. Harakat tarzi shakllari qanday yasaladi? 
3. Yetakchi fe’l nima? 
4. Ko‘makchi fe’l nima? 
 
321-mashq. Quyida berilgan fe’llardan turmoq, qolmoq, ko‘rmoq, bermoq, 
yurmoq ko‘makchi fe’llari yordamida harakat tarzi shakllari hosil qiling va bu 


153 
shakllar ishtirokida gap tuzing. Mazkur yordamchi fe’llar yetakchi fe’lga qanday 
ma’no qo‘shishini aniqlang. 
Namuna: o‘qimoq – oqib turmoq – Nafisa “Boshlang‘ich ta’lim” jurnalini 
o‘qib turadi. 
 
O‘qimoq, chiqmoq, aytmoq, sezmoq. 
322-mashq. Gaplarni o‘qing. Fe’lning harakat tarzi shakllarini topib, yasalishi 
va ma’nosini izohlang. 
1. Dalalarda kech kuzning achchiq shamoli esa boshladi. (S. Ahmad) 
2. Axir necha yuz bet keladigan asarni kecha-kunduz uxlamay, ko‘z 
nurini to‘kib, qo‘lda yozib chiqishning o‘zi ham mehnatga kirmaydimi? 
(Shukrullo) 3. Tomorqa etagidagi devorning omochli traktor kirgudek 
joyi buzib tashlangan edi. (A. Obidov) 4. Qarshi bobo har qancha hur-
matga arziydi. Agar biron kun uyda qamalib yotsa, dalani sog‘inib 
qoladi. (A. Ko‘chimov) 5. So‘fiylikning amaliyotiga ko‘ra, barkamol 
inson o‘z nafsini tiya oladigan, akl-zakovatni har qanday hissiyotdan 
ustun qo‘ya oladigan, qalbi yaxshilik, ezgulik bilan to‘la kishidir. (Fal-
safa” kitobidan) 6. Dilshod kechqurun chiroq atrofini o‘rab oladigan 
parvonalarga ham hayron bo‘lib boqardi. (S. Zunnunova) 7. Otam o‘y-
lanib qoldi. Soqolini barmoqlari bilan taradi. (Oydin) 8. – Naykamalak! 
– dedi Anorxon osmonga ko‘zi tushib. Sevinganidan qarsak chalib 
yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. (I. Rahim) 9. Tasodifni qarangki, 
Muhiddin Soliyaxonga duch kelib qoldi. (R. Fayziy) 10. Yuk vagonlari 
qasir-qusur qilib, u yoqdan bu yoqqa o‘tib turibdi. (S. Ahmad)
11. Dadam suvog‘i ko‘chgan devorlarga, eski shkaf, oyog‘i maymoq 
stullarga bir qarab qo‘ydi. (S. Siyoyev) 12. Kecha ishchilar GES 
poydevoriga beton quyib, stantsiya devorini tiklab bo‘ldilar. (S. Ah-
mad) 13. Qolganlardan bir qismi soyning o‘rtasiga yetmasdan qaytish-
ga majbur bo‘ldi. Ikki kishi oqib ketayozdi. (A.Qahhor) 14. Kela-kel-
guncha mashinada o‘tiraverib, beli qotib ketgan Hojimurod u yoq-bu 
yoqqa yurib, chigilini yozmoqchi bo‘ldi. (S. Ahmad) 15. Bodom daraxti 
yer tanlamaydi, toshloq, qumloq joylarda ham o‘saveradi. 16. G‘afur 
akaning: – Qochadigan odam yo‘q, kelavering, – degan hazilnamo 
chaqirig‘i eshitildi. (Shukrullo)

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling