Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
326-mashq. Berilgan qo‘shma fe’llarning qolipini aniqlang. Bu fe’llarni ism 
+ fel  va fe’l + fe’l qolipli qo‘shma fe’llarga ajratib yozing. Ism + fel  qolipli 
fe’llarga 10 ta misol topib yozing. 
Xursand bo‘lmoq, paydo bo‘lmoq, sayr qilmoq, nazorat qilmoq, 
obod bo‘lmoq, javob bermoq, safar qilmoq, azob chekmoq, huzur qil-
moq, huzur ko‘rmoq, hordiq chiqarmoq, sotib olmoq, olib bormoq, olib 
kelmoq, olib chiqmoq, olib qochmoq, ishlab chiqarmoq. 
 
Ravish 
327-mashq. Gaplardagi ravishlarni topib, ma’no turi va gapdagi vazifasini 
aniqlang.
1. Mavlon mingboshi.. tasodifan loyga sirg‘anib yiqildi. Kishilar rosa 
kulishdi. (T. Obidov) 2. Shunday ekan, kel, ochiqchasiga gaplashaylik. 
(T. Ashurov) 3. Farg‘ona dehqonlari kanal qazib, Norindan cho‘lga suv 
olib chiqish uchun astoydil bel bog‘ladilar. (N. Safarov) 4. Odamzod 
shundayki, bor narsa asta-sekin yo‘qolsa ham, payqaydi, lekin yo‘q nar-
sa asta-sekin paydo bo‘lsa, payqamaydi. (A. Qahhor) 5. Orombaxsh, 
salqin bog‘da sayr etib yurgan ikki yosh yurak bu safar ham tunda 
uylariga atayin piyoda jo‘nashdi. (Mirmuhsin) 6. Odam ba’zan bir mar-
ta noto‘g‘ri bosib qo‘ygan qadami uchun umrbod javob beradi. (O‘. Ho-
shimov) 7. Osmonning kunchiqish qismi endi oqara boshlagan, lekin 
hatto barvaqt turadigan qishloq ahli ham hali uyquda. (O.Yoqubov)
8. Sabr kosasi to‘lib ketgan qiz noiloj yorilishga majbur bo‘ldi. (J. Ab-
dullaxonov) 9. Issiq birmuncha bo‘shashgandek tuyulsa ham, dimlik 
zaptida edi. (M. Ismoiliy) 10. Elbek o‘z kabinetiga qaytgandan keyin 
asabiylik bilan nari-beri yurib, uzoq o‘yladi. (A.Muxtor) 11. O‘roz 
qayerdandir katta tarvuz keltirib, o‘rtaga qo‘ydi. (Oybek) 12. Shavkat 
militsionerning gaplarini deyarli eshitmas, ich-etini tashvish kemirar 
edi. (Q. Kenja) 13. Tongotarda hujradan chiqqan Me’mor karvonsaroy 
hovlisini kesib o‘tib, darvozadan tashqariga yo‘l oldi. (Mirmuhsin)


156 
14. U yoz bo‘yi Mansur uchun ataylab yalpiz, sariqbosh, isiriq, yana 
allaqanaqa giyohlarni yig‘ib yurardi. (O‘.Hoshimov) 15. Yaqinda 
Qumri ish bilan yana Toshkentga keldi. (Mirmuhsin) 16. Boyagiga 
qaraganda anchagina yengillashib, ichkariga kirdi. Harakatlari ham 
birmuncha o‘zgargan edi. (A. Qodiriy) 17. Yuragi gupillab urar, sha-
moldan quloqlari shang‘illar, tizzasining ko‘zi muzday yerga tegib tur-
ganini sal-pal sezardi. (O‘. Hoshimov) 18. Shu yerga sardoba zarurligi 
ko‘rinib turibdi. (Mirmuhsin) 19. Bobur.. otini quhcoqlab, navkarlar 
qurshovini yorib chiqqanda, yuziga shabada tegib, xiyol yengillashdi. 
(P. Qodirov) 20. So‘qqabosh mahalla qorovuli tomiga atayin kaptar-
xona qurib, ellik-oltmishtacha kaptar boqardi. (Mirmuhsin) 21. Mehnat 
qilgan odam doim boshqalarning yuziga dadil qaraydi. (T. Ashurov)

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling