SINTAKSIS
SO‘Z BIRIKMASI
344-mashq. Matnni o‘qib, gaplarni aniqlang. Har bir gapni so‘z birikmalariga
ajrating.
Men, Hasan, Husan, Fotima, Zuhralar mashinaga chiqib oldik. Paxta-
zorlarni yoqalab o‘tib, cho‘lga chiqdik. Shunday cho‘lga chiqishimiz
bilan qovun poliziga kirdik. Biram katta dalaki, u yog‘ini ko‘rib bo‘l-
maydi. Uzun-uzun pushtalarda katta-katta olachipor tarvuzlar dumalab
yotibdi. Ko‘m-ko‘k palaklar ichida sarg‘ayib qovunlar ko‘rinadi. Biram
ko‘pki!
Poliz oralab bejirim chaylaga kirdik. Ichi salqin ekan. Tog‘am dastur-
xon yozdilar. Hasan choydishga o‘t yoqqani o‘choq boshiga chiqdi.
Chaylada yangi uzilgan umrboqi, ko‘kalapish, doniyor qovunlar,
qo‘zivoy tarvuzlar dumalab yotibdi. (Sh. Sa’dulla)
345-mashq. Keltirilgan birikmalardagi hokim so‘z qaysi so‘z turkumidan
ekanligini ayting. So‘z birikmalarini otli va fe’lli so‘z birikmalariga ajrating.
Samimiy do‘stlik, quyosh nuri, farovon hayot, singlimga xat, ham-
masidan yaxshi, sabzi to‘g‘ramoq, yomon xotira, tez o‘qimoq, birdan
gapirmoq, yam-yashil dala, ilg‘orlarni tabriklamoq, qishloqda yasha-
moq, hayot uchun kurash, bunday odam, to‘kilgan olmalar, ukamning
do‘sti, mustaqillikni asrash, birga o‘qish, dunyo bilan hamnafas, zavq
bilan ishlash.
346-mashq. Gaplarni o‘qing ajratilgan tobe so‘z qaysi hokim so‘zni kengay-
tirib u bilan so‘z birikmasi hosil qilishini aniqlang. Ushbu so‘z birikmalarini aniq-
lovchili, to‘ldiruvchili, holli birikmalar kabi guruhlarga ajratib ko‘chiring.
1. Ko‘cha yuziga katta, dang‘llama uy tushgan-u, hali bitmagan edi
(N. Fozi-lov) 2. Lekin mening tomirimda chinakam toza qon aylanyapti
(H. K. Andersen) 3. Shu oylik davomida ko‘chalar chekkasiga, ariqlar-
ning bo‘yiga, xiyobonlarga naq uch yuz mingga yaqin mevali va
Do'stlaringiz bilan baham: |