Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
SODDA GAP
352-mashq. O‘qing. Matndagi gaplarni tuzilish jihatdan (sodda va qo‘shma gap) tahlil qiling. Sodda gaplarni ko‘chirib yozing. Sodda gapning qo‘shma gapdan farqini ayting. Urush vaqti edi. Biz Turkiston tizma tog‘ining etagida, shahardan yigirma besh chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. Harbiy xizmatdagi akamning xotini qish kunlarida qattiq betob bo‘lib qoldi-yu, shahardan oyimni chaqirib keling, deb iltimos qildi. U vaqtlarda mashina juda kam, ot-ulov xo‘jalik ishi bilan band edi. Men piyoda yo‘lga chiqdim. Yog‘ib turgan qor pardasi ostida uch-to‘rt g‘amgin chordevorlar ko‘rindi. Ulardan narida qurib qolgan bir hovuz ham bor. Shunga yetsam, yo‘lning yarmi qoladi. Atrof biyday dala. Bir vaqt yo‘lning chap tomonida qandaydir sharpa sezganday bo‘ldim. Durustroq qarasam, mendan yuz qadamcha narida ikkita kulrang jonivor turibdi. Men avval ularni it deb o‘yladim. Shu atrofda yoyilib yurgan qo‘y qo‘rasi bordir deb, yon-verimga alangladim. 169 Lekin ko‘z ilg‘aydigan joyda bironta qo‘y yoki poda ko‘rinmas edi. Biri cho‘nqayib olgan, ikkinchisi tikka turgan va meni sergaklanib kuzata- yotgan haligi kulrang jonivorlar it emas edi. Men ularning bo‘ri ekan- ligini tushundim-u, etim junjikib ketdi. Bir lahza o‘zimni yo‘qotib qo‘y- dim. Keyin sal hushimni yig‘ishtirib qarasam, oyoqlarim go‘yo o‘z- o‘zidan yurib ketyapti. To‘xtashga ham, jadallashga ham, avzoyimni o‘zgartirishga ham jur’at yo‘q. To‘g‘riga qarab avvalgiday yurib ket- yapman-u, butun vujudim bilan bo‘rilar tomonga quloq solaman. Menga qarab kelishsa, shitiri eshitiladi-ku, deyman. Kishining qo‘rqqanini sezsa, jur’atsiz kuchuk ham hujum qiladi, men buni yaxshi bilardim. Shuning uchun yuragim vahimadan uvushib keta- yotgan bo‘lsa ham, boyagiday shoshilmay, bo‘rilarni ko‘rmaganday bir maromda yurib borardim. (P. Qodirov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling