Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
So‘roq gap 
355-mashq. O‘qing. Avval so‘roq olmoshi, so‘ngra so‘roq yuklamasi, undan 
so‘ng so‘roq ohangi orqali ifodalangan so‘roq gaplarni ko‘chiring, so‘roq ifoda-
lovchi vositalar tagiga chizing. 
1. Anovi qor odamni sizlar yasadilaringmi? (O. Husanov) 2. Otni 
o‘rganishimga shu bola sabab bo‘lgan. – Bola sabab bo‘lgan? (A. Qah-
hor) 3. Rafiq, nayni kim chaldi? – Yo‘lchi akam. (Oybek) 4. – Xo‘sh, 
dardi? – Muhabbat. – Muhabbat? – Muhabbat, – deb takrorladi Hasa-
nali. (A. Qodiriy) 5. Ko‘ldan baliq ovlayapsanmi? (J. Sharipov) 6. Ota-
beklar nega qamaldilar, qanday gunohlari bor ekan? (A. Qodiriy)
7. – Qishloqqa qachon qaytasiz? (M. Ismoiliy) 8. Afg‘oniy xanjaringizni 
beraman degan edingiz-a? (A. Qodiriy) 9. Bir o‘zingiz-a? Yopiray! 


171 
Miyangiz achib, yuragingiz toshib ketmaydimi? (P. Tursun) 10. Biror 
qishloqqa o‘t ketsa, odamlar darhol voqif bo‘ladilar, yong‘in daf etila-
di. Yurak yonsa-chi? Unsiz, tutunsiz laqqa cho‘g‘ bo‘lib yonib kulga 
aylangan dil oh-zorini eshituvchi bormi? (S. Karomatov) 11. Olaxo‘ja 
tovushining boricha baqiradi: – A!? Targ‘il ho‘kiz o‘lib qoldi? Nima? 
Nega o‘lar ekan ? (P. Tursun) 12. Birodar, Azizxon degan polvon bola-
ni qaydan topsam bo‘ladi? (S. Ahmad) 
 
356-mashq. Berilgan so‘roq gaplarni turlarga ajrating: sof so‘roq gap, ritorik 
so‘roq gap, so‘roq-buyruq gap. Ularning farqini tushuntirib bering. 
1. Nimalarning rasmini chizyapsan, Po‘latjon? (T. Hayit) 2. Hissiz 
qalblarga borliq va go‘zallik ruhi qanday singishi mumkin? (I. Haqqul) 
3. Ozod, echkemardan qo‘rqasanmi? 4. Har holda taqdirning bunchalik 
o‘yinlari turgan bir zamonda biz nima ham qila olur edik? (A. Qodiriy) 
5. Nega otam uzatgani chiqmadi? (Cho‘lpon) 6. To‘y bo‘lsa, sizga nima 
g‘am, ayajon? Siz ham taralani vang qo‘yib yuravermaysizmi? 
(Hamza) 7. Jondan kechmasang, jonona qayda, togʻga chiqmasang, 
do‘lana qayda? (Maqol) 8. Ayol zotining bosh-adog‘i zarga o‘ralgani 
bilan, o‘zi yomon bo‘lsa, kimga keragi bor? (T. Murod) 9. Unsin, bu 
oila qanday? Ketasanmi yo bu yerda qola turasanmi?(Oybek) 10. Dun-
yoda ilmdan ortiq ham lazzatli shirin ne’mat bormi? (Hamza) 11. Obbo, 
xamiri achimagan-ey, tusha qolmaysanmi endi!? (N.Safarov) 12. Qan-
day qilib siz bilan mening dilim bir bo‘lsin! Hech qachon bir bo‘lol-
maydi. (P. Tursun)13. Tut yemaymizmi? (A. Qahhor) 14.Qolaversa, 
o‘zimizning shoir bobomiz Boborahim Mashrabning haq, haqiqat, 
adolat haqidagi g‘azallarini kim bilmaydi? (K. Yashin) 15.Odam bolasi 
nimalarga ko‘nmaydi? (P.Tursun) 14. Bu deyman, yo‘li shunaqamas-
ku, xo‘jayin, dangal kirib kelavermaysizmi? (A.Muhiddin) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling