Ona tili va bolalar adabiyoti


-mashq. Gaplarni o‘qing. -lar


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

373-mashq. Gaplarni o‘qing. -lar qo‘shimchasining kesimga ortiqcha, noo‘rin 
qo‘shilganligini qoida asosida tushuntiring.
1. Namangan, toshkent, qashqadaryolik san’atsevar talabalar faxrli 
uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldilar (“Ma’rifat” gazetasidan) 2. Muso-
baqada 1-, 2-, 4-, 5-, 9-, 10-, 11-, 15-, 31- o‘rta maktablardan 64 nafar 
sportchilar ishtirok etdilar. (“Ma’rifat” gazetasidan) 3. Tinglovchilar 
zamonaviy o‘t o‘chirish mashinasini ishlatish jarayoni bilan 
tanishmoqdalar (“Ma’rifat” gazetasidan) 4. Bu gal ham qizg‘in bahslar 
ostida o‘tgan «Yil o‘qituvchisi – 2001» ko‘rik tanloviga turli vilo-
yatlardan kelgan 14 nafar sara o‘qituvchilar qatnashdilar (“Ma’rifat” 
gazetasidan) 5. Bola xalqi har bir so‘zing, har bir xatti-harakating
yurish-turishingdagi kichik xatolarni ham tez ilg‘ab oladilar. («Bosh-
lang‘ich ta’lim» jurnalidan) 6. Dengizchilar safarlarining qolgan qis-
mini Enrikesiz davom ettirishga majbur bo‘ldilar (“Gulxan” jurna-
lidan) 7. Shu sababli inglizlar ham raketalarni harbiy ishda qo‘llay 
boshladilar. (“Gulxan” jurnalidan) 8. Chiriyotgan o‘tlar suvda erib, 
to‘yimli muhit barpo qiladilar. (“Jahon jug‘rofiyasi” ko‘rsatuvidan)
9. Mamlakatimiz terma jamoasi Eronda o‘z tengqurlari bilan uchrashuv 
o‘tkazdilar. (“Ma’rifat” gazetasidan) 10. Ikki guruhga bo‘linib, 
o‘quvchilar bu ishni bajarishga kirishadilar (“Boshlang‘ich tahlim” 
jurnalidan) 11. Sho‘r botqoqlar million yillar davomida o‘z qiyofalarini 
o‘zgartirib boradilar. (“Jahon jug‘rofiyasi” ko‘rsatuvidan) 
 
Matbuot, radio, televideniyedan kesimga -lar qo‘shimchasi ortiqcha, noo‘rin 
qo‘shilgan 10 ta misol topib yozing. 


180 
Ega va kesim orasida tirening ishlatilishi 
374-mashq. O‘qing. Ega va kesim orasiga qaysi qoidaga muvofiq tire qo‘yil-
ganini tushuntiring. 
1. O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. 2. 1-Sentabr – O‘zbekiston 
Respublikasining mustaqillik bayrami. 3. Millatni uyg‘otish – uyg‘on-
ganlarning vazifasi. (Cho‘lpon) 4. Maqsadimiz – o‘qish. 5. Aytilgan 
so‘z – otilgan o‘q. (Maqol) 6. O‘qish – hayotni tushunish. 7. Bir hafta 
– yetti kun. 8. Salomatlik – tuman boylik. 9. Bu – buloq suvi. 10. Otalar 
so‘zi – aqlning ko‘zi. 11. Bulbul – sayroqi qush. 12. Maqsadim – 
o‘qituvchi bo‘lish.
375-mashq. Zarur o‘rinlarga tire qo‘yib ko‘chiring. Tireni qaysi qoida 
asosida qo‘yganingizni tushuntiring. 
1. Navro‘z bahor bayrami. 2. El sog‘lig‘i yurt boyligi. 3. Olti karra 
olti o‘ttiz ol-ti. 4. U tajribali shifokor. 5. Bu qovun shirin. 6. Bolani 
televizor va internetga nazoratsiz topshirib qo‘yish katta xato.7. Sog‘-
lom bo‘lishning muhim sharti sport bilan shug‘ullanish. 8. Bu majnuna 
Zaynab edi. (A. Qodiriy) 9. Talabalar soni yigirmata. 10. Yaxshi so‘z 
jon ozig‘i, yomon so‘z bosh qozig‘i. (Maqol) 11. Bu Yaponiyada chiqa-
rilgan kompyuter. 12. Maktab ilm o‘chog‘i. 13. Boylikning eng yax-
shisi ko‘ngil boyligidir. 14. Mana shu bizning qishlog‘imiz. 15. Mening 
orzularim ko‘p. 16. Botir ham haydovchi. 17. Har bir talabaning eng 
sharafli, eng muqaddas burchi o‘qishdir. 18. Akam uchuvchi bo‘ldi. 
Qanday hollarda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilmaydi? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling