Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 364-mashq.
- 365-mashq.
- 366-mashq.
Kesim 363-mashq. 1-topshiriq. Berilgan so‘z bog‘lanmalarini o‘qing. Ularning tugal fikr ifodalay olmasligining sababini ayting. 1. Kuzning birinchi oyida nok, olma, shaftoli, uzum va anorlar g‘arq … . 2. Uchinchi sinf o‘quvchilari olmazorga … . 3. Akbar shaxmat to‘garagiga … . 4. Boqi G‘azalkentda … . G‘azalkent bilan Toshkent 175 orasida chiroyli baland bir tepalik … . 5. Buxoro – juda qadimiy va mashhur … . 6. Navro‘zda sumalak, halim … . 2-topshiriq. Ko‘pnuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zlarni qo‘yib o‘qing. Tugal fikr ifodalanishini ta’minlagan bu so‘zlar qaysi gap bo‘lagi vazifasini bajarayot- ganini ayting. 3-topshiriq. Birinchi va ikkinchi topshiriqni bajarish asosida kesimning gapdagi o‘rni va fikr ifodalashdagi ahamiyatini tushuntiring. 364-mashq. Quyidagi so‘zlarni kesimlik shaklida qo‘llab gap tuzing. Namuna: olmoq – Ol. Oldim. talaba – Talabaman. Kelmoq, yugurmoq, olmoq, talaba, haydovchi, aqlli, xursand, beshta, kim, qayerda. Gap birgina kesimdan ham iborat bo‘lishi mumkinmi? 365-mashq. Quyidagi parchani o‘qing. Birgina kesimdan iborat gaplarni ko‘r- sating. Kanizak zavq qilib kuldi. – Majlisda gap so‘rashsa xuddi shu gapni ayting, Sidiqjon aka! Aytasizmi? – Aytaman. – Aytsangiz xo‘p kulgi bo‘lar edi. Mondalab aytolmaysiz. Odam shoshib qoladi. – Shoshib qolmayman. – Shoshasiz. – Hech! – Qani, qanaqa qilib boshlaysiz? (A. Qahhor) 366-mashq. Matnni o‘qing. Gaplarning kesimini topib, fe’l kesim va ot kesim guruhlariga ajratib yozing. Ko‘cha yuziga katta, dang‘illama uy tushgan-u, hali bitmagan edi. Ko‘chadan o‘tganlar: “Yaxshi uy bo‘larkan-u…” deyishar, uning ko‘p- dan beri chala yotganini ko‘rib: “Biroq ko‘chaning husnini buzib tur- gani yomon bo‘libdi-da”, – deb achinardilar. 176 Bilmasangiz bilib oling, ko‘cha husnini buzib turgan bu uy Husan- larniki edi. Mana, bugun uyning kam-ko‘stini tuzatish uchun hashar- chilar kelishgan. Ular orasida kechagina Husanning o‘zi borib chaqirib kelgan Iso bobo ham bor. Iso bobo shu qishloqda imorat ustasi. U kam- gap, o‘nta gapirganingda zo‘rg‘a bitta og‘iz ochib javob qaytaradi. Xushi kelib tursa, sergap bo‘lib ketadigan odati ham bor. Boshqa ha- sharchilar tomda o‘zlari bilan o‘zlari ovora. Ular deyarli yoshlar edi. Nima ham bo‘ldi-yu, hasharchilar o‘z o‘g‘illarini maqtay ketishdi. Biri o‘g‘lini odobli desa, biri o‘g‘lini qo‘rqmas, kuchli deb maqtar edi. Ba’- zan ular tomdan: – Nima deysiz, Iso bobo, shundaymi? – deyishsa, Iso bobo ham hech mulohazaga bormay, ensasi qotib: – Shunday! – deb qo‘ya qolardi. (N. Fozilov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling