Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

357-mashq. Berilgan darak gaplarni so‘roq gapga aylantiring. So‘roq gap hosil 
qiluvchi vositalarni belgilang. 
1. Rustam anhor bilan hovuz o‘rtasidagi supaga joy solib berdi-da, 
o‘zi qayoqqadir ketdi (H. Nazir) 2. Siz ham, sen ham bir og‘izdan chi-
qadi. 3. So‘z ko‘p yerda ma’no kam bo‘ladi. 4. So‘z so‘zlashda va un-
dan jumla tuzishda uzoq andisha kerak. (A. Qodiriy) 5. Yo‘lchi boshini 
ko‘tarib cholga va atrofga dadilroq qaray boshladi (Oybek) 6.Yilning 


172 
ikki xil hisobi bor. Birida Quyoshning, ikkinchisida Oyning ko‘rinishi 
asos qilib olinadi. 7. Markaziy Osiyolik olimlar ham jahon madaniyati 
va faniga munosib hissa qo‘shganlar. 8. Nomingga munosib, xuddi 
quyoshdek abadiy yashaysan, Mustaqil O‘zbekiston!
 
Buyruq gap 
358-mashq. Misoldagi buyruq gaplar qanday ma’no ifodalayotganligini ay-
ting. Gaplarning kesimi qaysi mayl shaklida ekanligini izohlang. 
1. Oysara, tirik yetim qilmang og‘lingizni! (O‘. Hoshimov.) 2. Yaxshi 
so‘zlashni odat qil, chunki tili shirin odamning do‘sti ko‘p bo‘ladi. 
(Hadis) 3. Bo‘pti, yaxshi.. Sen oldinda borasan, boshlovchi bo‘lib..
(HNazir) 4. Qo‘shni, bemalol bo‘lsa, bizni xoli qo‘ysangiz! (Uyg‘un) 
5. Yaxshilik qil, lekin maqtanib uni yuvib yuborma (F. Musajonov)
6. – Iltimos, siz qoling, – dedi Gavhar yana yalinib. (O‘. Hoshimov)
7. Qo‘rqmang, hech narsa bo‘lgani yo‘q. Yuz-ko‘zi sal shilingan xolos. 
(G‘ayratiy). 8. – Qani, jo‘nadik! – u ko‘tarinki bir vaziyatda qo‘llarini 
qovushtirdi. (S. Anorboyev) 9. Chaqir bobongni, tez bo‘l (Oybek)
10. – Erta bilan yo‘lga chiqaylik. – Ma’qul, – dedi Me’mor. (Mirmuh-
sin) 11. Oyijon, bizdan xavfsiramay qo‘ya qoling, aytganingizni qila-
miz, sizni qiynamaymiz. (H. Nazir) 12. Loaqal bu baxtsiz singlingiz 
uchun birgina bosh og‘ritsangiz-chi. (A. Qodiriy) 13. Bolalaring orzu-
sini ko‘r, topganing to‘yga, yaxshiliklarga buyursin! (N. Safarov)
14. Yashasin mustaqillik! Yashasin hurriyat! 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling