Ona tili va bolalar adabiyoti


Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari 
 
353-mashq. Matnni o‘qing. Undagi gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turini 
aniqlang, farqini ayting. 
Bobom bir kuni katta ko‘k eshagimizni yetaklab chiqib: 
– Qani, orqamga mingash-chi, – deb qoldilar. 
– Qayoqqa boramiz? – deb so‘rayman sevinib. 
– Qashqar qishloqdan o‘rik ko‘chati olib kelamiz. 
– O‘rik ko‘chati o‘zimizda bor-ku? 
– U boshqasi, o‘g‘lim. 
– Qanaqasi? 
– Bas endi, jim ket. 
– Yo‘q, oldin qanaqaligini ayting, keyin jim ketaman. Bo‘lmasa 
eshakning junidan tortaman. 
– Qoy, bolam, junidan torta ko‘rma, yana yiqitsa, ishimiz bitmay 
qoladi... Qashqarda qoraqandak degan o‘rik bor, faqat o‘sha yerda o‘sa-
di u. Quruq, suvsiz yerni xohlaydi, shekilli. Mevasi hay-hay, biram 
shirin bo‘ladiki, tog‘alaringnikiga borganda yegansan-ku. 
– Yeganim yo‘q, – deyman. 
– Yegansan, cho‘ntagingni to‘ldirib berishardi-ku! 
– Bobojon, nega qoraqandak deyishadi? 
– Quriganda shirasi ko‘p bo‘lgani sabab rangi qorayib qoladi-da. 


170 
Shu yo‘sin Qashqarga borib bir quchoq mayda ko‘chat olib qaytdik.
(X. To‘xtaboyev)  
 
Darak gap 
 
354-mashq. Berilgan darak gaplarda qanday modal ma’nolar ifodalanganini
izohlang. Darak gaplarning kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini
aniqlang. 
1. Domla ikkita qo‘rga ko‘milgan jo‘xori bilan bitta sopol tovoqda 
moshxo‘rda chiqarib berdi. (G‘. G‘ulom) 2. Tohir uni yelkasidan quchib 
bag‘riga bosgan edi, Robiya uning arvoh emasligiga endi ishonib yig‘-
lab yubordi: – Tirik! Tirik! Xudoga shukur, tirik! (P. Qodirov) 3. Behu-
nar, ilmsiz xalqni istiqbolda zavol kutajak. (S. Siyoyev) 4. Voy-bo‘, 
isitmang bor-ku! (O‘. Hoshimov) 5. Meniyam orzu-havaslarim bor
to‘y-hasham ko‘rmoqchiman. (Oybek) 6. – Voy, onang aylansin! 
Rangini shunchalik oldirib qo‘yibdi-ya, bolam bechora. (D. Nuriy)
7. Qayg‘urmang, opajon. Qora kunlar o‘tar, yorug‘likka chiqarmiz. 
(Oybek) 8. Obbo azamat-ey, zap ajoyib yigit ekansan-ku! (M. Hazrat-
qulov) 9. Ajabo, ustozning inson qalbiga solgan ijod ishqi shogirdning 
matonati bilan qo‘shilsa, mo‘jiza tug‘ilar ekan. (“Guldasta”dan)
10. – Ablah odam ekansan! – dedi imom. – Siz ham ahmoq mulla 
ekansiz! – dedi Safar bo‘zchi. (A. Qodiriy) 11. Qizning onasi zor qaq-
shab, qidirib yurgandir. (S. Ahmad)
 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling