Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Otli birikmalar
Sifat + ot Fe’lli birikmalar Sifat + fe’l Ot + ot Son + ot Olmosh + ot Sifatdosh + ot Ravish + fe’l Ravishdosh + fel 350-mashq. Matndan boshqaruv usuli bilan bog‘langan birikmalarni aniqlab, ularni kelishikli boshqaruv va ko‘makchili boshqaruv sifatida ikkiga ajratib yozing. Zebining choy damlab kelishini kutib uyda – dasturxon boshida o‘tir- gan Saltanat ikkala qanoti ochiq turgan eshik orqali bu holni ko‘rga- nidan keyin o‘rnidan turib o‘rtog‘ining yoniga chiqdi. Zebi uni uzr aytib qarshi oldi: – O‘rtoqjon, – dedi, – otam avrodda o‘tirib qoldi, shekilli, shunaqa odati bor. Endiyoq kirib kelsa kerak. Xafa bo‘lmang-a? Bu so‘nggi kalta jumlaning aytilishidagi samimiyat bir-biri bilan yaqin o‘rtoq tutingan yosh qizlardagina bo‘ladi. “Xafa bo‘lmang-a?” deb turgan vaqtida Zebi-ning yuzini ko‘rish kerak edi, bir qo‘lida supur- gi, bir qo‘li tizzasida, supurgi ham yerdan uzib olingan emas, faqat bosh yuqori ko‘tarilgan-u butun vujud Saltanatning ixtiyorida! Ko‘ngil, orzu, sevgi, sevinch... bular hammasi Saltanat tomon uchadi, unga tomon oti- ladi, uni o‘rab, uni aylantirib, uni quchadi! Zebining yuzlaridagi oyday tiniq va quyoshday yorug‘ bu holat moddiy haqiqatlar qadar ochiq ko‘- rinardi. 168 O‘rtog‘ining bu samimiyatini Saltanat ham ko‘z bilan ko‘ribgina emas, ko‘ngil bilan sezib anglagan edi. Shuning uchun u Zebining so‘- ziga javob ham berib o‘tirmasdan birdaniga uning qo‘lidagi supurgiga yopishdi. O‘z ko‘nglida, supurgini olib biroz supurishib bersa haligi samimiyatga yarasha javob bergan bo‘lardi. (Cho‘lpon) 351-mashq. O‘qing. So‘z birikmalarini ajratib, ularni to‘liq tahlil qiling. Ulardagi sintaktik aloqaga kirituvchi vosita (egalik, kelishik qo‘shimchasi yoki ko‘makchi so‘z)larni aniqlang. 1. Hayotda sening aqlli boshingga beminnat xizmat qiladigan ulug‘ ustoz kitobdir (Y. Shukurov) 2. Nogahon yuz bergan bu mudhish mo‘ji- zadan echki dong qotib qolgan edi (M. Xidir). 3. “Bilmaslik – ayb emas”, deymiz, ammo fazilat ham emas (G‘. Salomov). 4. Yagona yax- shi maqsad yo‘lida birlashing. Shunda sizni hech kim yenga olmaydi. 5. Gulliver ularga parvo qilmay yotaverdi va o‘tkir vinoning kayfi bilan tezda uxlab qoldi (Jonatan Svift). 6 Qaddi-qomati kelishgan novcha niholcha asta-sekin o‘zidan ketib, allaqanday sehrli xayolot nash’asi bilan mast bo‘la boshladi, keyin o‘sha kun – haddan tashqari qizdirib yuborgan 19-iyun kuni kunduz soat oltilarda jon berdi (X. To‘xtaboyev) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling