Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
 
 
 


164 
Taqlid so‘zlar 
341-mashq. O‘qing. Taqlid so‘zlarni topib, ma’nosi va gapdagi vazifasini 
izohlang. Tovushga taqlid va holat-ko‘rinishga taqlidni bildiruvchi so‘zlarni ikki 
guruhga ajratib yozing. 
1. Nafisa uning piyozni g‘arch-g‘urch chaynab, non bilan tushirayot-
ganini zavqlanib tomosha qilarkan, so‘zlarining mag‘zini chaqishga 
urinardi. (A. Muxtor) 2. Darvozaxona yo‘lagida dupur-dupur oyoq sas-
lari eshitildi. (S. Nurov) 3. Hasan so‘fi toshga qulog‘ini bosib tingladi. 
Ancha tinglab yotdi: Duk-duk bor-u.. juda olis. (M. Ismoiliy) 4. Mah-
buba yalt etib yuzimga qaradi. (O. Yoqubov) 5. O‘choqda tezak miltillab 
yonar, qora chovgum biqir-biqir qaynardi. (S. Anorboyev) 6. Polvon-
ning kuchi oshib, o‘z raqibini aylantirib chunonam urdiki, u gup etib 
yerga yiqildi. (J. Sharipov) 7. Qishloq tinchligini buzgan bu yakka ot 
tuyoqlarining taraq-turuqi, taqalarning toshlarga urilishidan chiqqan 
yalt-yult chaqmoq dam o‘tmay uzoqlashdi. (S. Anorboyev) 7. Quyosh 
damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi. (Oybek) 8. Chol qult etib yu-
tindi. O‘ychan ko‘zlarini nayga qadab, tikilib qoldi. (O‘.Hoshimov)
9. Ko‘kni bulut qoplagan, milt etgan yulduz yo‘q edi. (I. Rahim)
10. Sidiqjon shunday qattiq kuldiki, burchakda kulcha bo‘lib yotgan 
mushuk shoshib o‘rnidan turdi va Sidiqjonga qarab, «miyov» dedi.
(A. Qahhor) 11. Aloqachi ham og‘ziga turshak solib shimib o‘tirar, 
danagini qasir-qasir chaqar, mag‘zini yerdi. (M. Muhamedov) 
342-mashq. Gaplardagi taqlid so‘zlarni taqlid so‘zdan yasalgan fe’lning 
ravishdosh shakli bilan almashtiring. Taqlid so‘z va ravishdoshning ma’no 
munosabatini izohlang. 
Namuna: Doshqozonda sumalak biqir-biqir qaynayapti. – Doshqozonda 
sumalak biqirlab qaynayapti.
1. Doshqozonda sumalak biqir-biqir qaynayapti. 2. Soyning suvi 
shar-shar oqardi. 3. Nodir turpni kurs-kurs chaynadi. 4. Askarlar gurs-
gurs qadam tashlab o‘tib ketdi. 5. Shamol g‘uv-g‘uv esardi. 6. Suvning 
shildir-shildir oqishi kishiga orom bag‘ishlardi.
343-mashq. Berilgan taqlid so‘zlardan qo‘shimcha yordamida fe’l yasang. 
Taqlid so‘zdan fe’l yasovchi qo‘shimchalarni ajrating. 
Namuna: gumbur-gumbur – gumburlamoq 


165 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling