Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 335-mashq.
332-mashq. Bilan, uchun, sari, kabi, singari ko‘makchilari ishtirokida so‘z
birikmasi, qadar, beri, so‘ng, boshlab, bo‘ylab ko‘makchilari ishtirokida gap tu- zing. 333-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan ko‘makchilarni -ga, -da, -dan qo‘shim- chalidan mosi bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Bu gaplarni o‘zaro qiyoslab, mazmun farqini izohlang. 1. Buxoroga poyezd bilan keldik. 2. Navro‘z bayrami uchun katta tayyorgarlik ko‘rildi. 3. Bu kitobni ukam uchun oldim. 4. Nodir paxtazor orqali o‘tib, katta yo‘lga chiqdi. 5. Nazira yo‘lning cheti bilan yurib kelardi. 6. Bu rasm mo‘yqalam bilan chizilgan. 6. Bu yangilikni televizor orqali eshitdik. Bog‘lovchi 334-mashq. Gaplarni o‘qing. Bog‘lovchilarni topib, vazifasiga ko‘ra turi va nimani bog‘lashga xizmat qilayotganini ayting. 1. San’atkorda kuch va ishonch, erk va dadillik bo‘lmas ekan, u o‘z miqsadiga ershia olmaydi. (F. Musajonov) 2. Havo shu qadar issiq, dim ediki, ertalab o‘rilgan pichan kechgacha shaqirlab qurib qoldi. (S. Anor- boyev) 3. – Hay, o‘t yigit, haligi so‘zlaring oltinga arziydi, ammo har kimga so‘zlayverma! (Oybek) 4. Malohat diplom yozar, imtihonlarga tayyorlanar, shuning uchun tun bilan kunning farqi qolmagan edi. (H. G‘ulom) 5. Suv o‘tga kor qila boshladi va oradan biror soat o‘tar- o‘tmas, alanga pasaydi. (H. G‘ulom) 6. Hech narsani oldin olib qo‘yish kerak emas, chunki pul bekor band bo‘lib qoladi. (A. Qahhor) 335-mashq. Teng bog‘lovchilarni topib, ma’no turi va nimani bog‘lashga xiz- mat qilayotganini ayting. 1. Sabzavot, meva hamda rezavorlarning o‘zbekcha tansiq taomlar tayyorlashda ahamiyati kattadir. (K. Mahmudov) 2. Bahor ariq bo‘yiga o‘tirib, pomidor, bodring va piyoz yuvdi. (Sh. Rashidov) 3. Sofiyaning 160 quloqlari ostida otasining do‘rildoq, ammo erkalovchi ovozi yangra- gandek bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 4. Quyosh botgan, lekin kun hali yorug‘, har yoqqa oqshom sukunati cho‘zilgan. (Oybek) 5. Duduq odamning gapirishi qiyin, ammo uning gapini eshitish undan ham qiyin. (F. Mu- sajonov) 6. Har bir qozoqning o‘tovida qimizi, qimroni yoki ayroni doim osig‘liq turadi. (M. Muhammadjonov) 7. Qoraqand mevasi bilan chinor po‘stlog‘idan tayyorlangan sharbat ham qandli diabetni davo- lashda yaxshi vosita ekan. (“Fan va turmush” jurnalidan) 8. Ko‘p qa- vatli binolar goh bulutlar soyasiga qo‘shilib, yo‘q bo‘lib ketadi, goh yana quyosh chiqib, olamga issiq-issiq nur sochganda, qaytadan paydo bo‘ladi. (P. Qodirov) 9. Yozuvchi bilan rassom qo‘lni qo‘lga berib, do‘stona xayrlashishdi. (S. Ahmad) 10. O‘quvchi «biz ko‘pchilikmiz, o‘qituvchi hammamizni baravar ko‘rolmaydi», deb o‘ylaydi. Holbuki, o‘qituvchi sinfdagi har bir bolaning nima qilayotganini aniq bilib turadi. (O‘. Hoshimov) 11. Ba’zan Qoratoyning ishxonasida, ba’zan choy- xonada tunab yurdi. (Oybek) 12. Kuchlilik – kurashda yiqitishda emas, balki g‘azabi kelganda, o‘zini bosib olishdadir. (Hadis) 13. Bola big‘il- lab yig‘lar, Munira esa bunga e’tibor bermasdi. (F. Musajonov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling