Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
YORDAMCHI SO‘ZLAR
330-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni vazifasiga ko‘ra quyidagi jadvalga joylashtiring. 1. Ilm amal bilan sharofatlidir. (G‘. G‘ulom) 2. Ba’zi ota-onalar bolalarini ayagan bo‘ladilar-da, ularni hayot uchun yaroqsiz, jismoniy zaif qilib qo‘yayotganlarini bilmay qoladilar. (S. Zunnunova) 3. – Choy damlab kelaymi, chanqagandirsiz? (S. Nurov) 4. O‘qituvchiga kibr-u havo va takabburlik aslo yarashmaydi, chunki yosh avlod undan ibrat oladi. (R. Usmonov) 5. Chumchuqlar daraxt shoxlarida yozdagi kabi bazm qurishgan. (A. Obidjon) 6. Safarov ularni kuzatib qaytdi va ariza- larni birma-bir ko‘zdan kechirdi (A. Qahhor) 7. Hatto ota-onasidan ham sir saqlagan bir yigitning o‘z o‘g‘lim bo‘lib chiqqani menga qiziq ko‘rinadir. (A. Qodiriy) 8. Yo‘lchi birinchi kun bozorni aylana-aylana, kechga qadar uch-to‘rt yerga yuk orqaladi. (Oybek) 9. Yomg‘ir betinim yog‘ar, lekin uning tomchilari chang zarralaridek ko‘zga ilinmas edi. (P. Tursun) 10. Otaxon, deyman, o‘yinga usta ekansiz-ku. (A. Qahhor) 11. Nahot endi hammasiga sen javob bersang, Axir o‘zing pokdomonmi, shuning o‘zi bas. (A. Oripov) 158 Tobe so‘zni hokim so‘zga bog‘lashga xizmat qiladi Uyushiq bo‘lak va sodda gaplarni bog‘lashga xiz- mat qiladi So‘z va gapga qo‘shim- cha ma’no beradi Ko‘makchi Bog‘lovchi Yuklama Ko‘makchi 331-mashq. Ko‘makchilarni topib, ma’nosi va qaysi so‘zni qaysi so‘zga bog‘layotganini izohlang. 1. Bu asboblarni o‘zlari ishlatadilar. Ketmon bilan yer chopadilar. Belkurak bilan daraxtlarning tagini yumshatadilar. (M. Ismoiliy) 2. Taq- dir taqozosi bilan Akmal shaharda yashab qoldi. (M. Hazratqulov) 3. To‘y arafasida kuni bilan qor yogdi, shunday elab yog‘diki, ko‘zlarni ochirmay qo‘ydi. (M. Ismoiliy) 4. Qishloqning o‘rtasidan shiddat bilan oqayotgan soy tinimsiz shovullaydi. (T. Rasulov) 5. Nishonboy birga ishlaydigan yigitlar bilan chorpoyada o‘tirardi. (T. Ashurov) 6. Kuy boshlanib, raqqosa o‘yinga tushishi bilan atrof jimjit bo‘lib qoladi. Hamma o‘tirgan joyida tebranardi. (T. Obidov) 7. Qo‘mondonning buyrug‘i bilan uchala o‘g‘ildan bir ekipaj tashkil etilibdi. (I. Rahim) 8. Qamalgan tutun juda sekin tarqalmoqda edi. Yo‘lchi nafasini rostlash uchun eshikka chiqdi. (Oybek) 9. To‘y uchun kuyov tomonidan o‘n besh arava yuk yuborilgan. Har bir aravada boshqa-boshqa mollar va buyumlar. (Oybek) 10. Yo‘lda qattiq toliqqanligi uchun durust ovqat ham yemadi. Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to‘rt piyola choy ichdi. (P. Qodirov) 11. Onam meni ish uchun tuqqan emas. (Oybek) 12. Oliy nav un ugra, lag‘mon, manti kabi taomlar uchun qo‘l keladi. (K. Mahmudov) 13. Hayot nashidasi shu kurash, xavf-xatar, to‘- siqlarni yengib o‘tish, intilish borligi uchun ham qiziq, lazzatli. (S.Nu- rov) 14. Kampir derazadan mehmonxona tomonga qarab qo‘ydi.. Gulday toza, topar-tutari yaxshi, obro‘yi baland. (S. Nurov) 15.Tezlikda Samarqandga – Ulug‘bek mirzoga choparlar orqali noma jo‘natildi. (Mirmuhsin) 16. Mayin esayotgan shamol uning betidan marvarid do- nalari singari tizilib yotgan terlarni yalab ketdi. (N. Safarov) 17. Tun sovug‘i bilan qotgan loy oyoq ostida, siniq shisha parchasi kabi, qirs- qirs ushaladi. (Oybek)18. Umarali bir parcha sur go‘shtni to‘g‘ramcha 159 qilib, masalliqning ustiga qo‘ydi-da, oshxonaga qarab ketdi. (Oybek) 19. Ammo yozuvchi haqida, uning kitobi haqida kimki o‘ylab, xoli- sanillo fikr aytmasa, sharmanda bo‘lishi turgan gap ekan. (Shukrullo) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling