Ona tili va bolalar adabiyoti
Gapning his-hayajonga ko‘ra turlari
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Gapning his-hayajonga ko‘ra turlari 359-mashq. O‘qing. Undov gaplarni topib, turlarga ajrating: darak-undov, so‘- roq-undov, buyruq-undov gaplar. Undov gaplarda his-hayajon qanday vosita yor- damida ifodalanganini aniqlang. 1. Obbo azamat-ey, zap ajoyib yigit ekansan-ku! (M. Hazratqulov) 2. Muncha serpiching bo‘lib ketibsiz. Menda alamingiz bormi! (Shuh- rat) 3. Meni qarg‘amang, qarg‘amang badbaxt qizingizni, onajon! (Hamza) 4. Bechora kampir bu shum xabardan adoyi tamom bo‘ldi-ku! (S. Ahmad) 5. Xalq tovushi tinimsiz guvullaydi: – Bu yoqqa chiq, itlar! (Oybek) 6. Xalq oldida mening obro‘yimni bir pul qilib kalaka qilishga kim huquq beribdi unga?! (P. Tursun) 7. Sharqiroq ariq yoqasida, o‘siq 173 yalpizlar orasida o‘tirib, ko‘klam quchog‘ida yastanib yotgan fusunkor dalaga suqlanib to‘yib bo‘larmikan?! (N. Yoqubov) 8. Behuda qon to‘k- moq, yurtni parchalamoqdan azim gunoh yo‘q! (Oybek) 9. – Kumush- ning ko‘nglini yaxshilab oching-lar, qizlar! (A. Qodiriy) 10. Ablah odam ekansan! – dedi imom. – Siz ham ahmoq mulla ekansiz! – dedi Safar bo‘zchi. (A. Qodiriy) 11. Beg‘alva yura olmaysanmi?! (N. Safa- rov) 12. Hamma urushdan qochsa, sen bu ajdahoning komiga o‘z ixtiyoring bilan bormoqchimisan ?! (P. Qodirov) 13. Ha, yashshama- gurlar! Bola emas, balo bular! Tegma gullarga! (S. Nurov) 14. Xudbin va dilozor kimsaning axir Og‘zi qon yirtqichdan qanday farqi bor?! (A. Oripov) Sodda gapning tuzilishiga ko‘ra turlari 360-mashq. Matn va gaplarni o‘qing. Bir bosh bo‘lakli va ikki bosh bo‘lakli sodda gaplarni aniqlang. Bir bosh bo‘lakli gaplarda eganing qo‘llanmaganligi sababini tushuntiring. I. Akam chayla yoniga yetganimizda aravani to‘xtatib, eshak ustidan pastga irg‘idi. Biz ham birin-ketin pastga tushdik. Uchovimiz ichkariga mo‘raladik. Chaylaning ichi o‘tin-cho‘pga, yem-xashakka to‘la edi. Akam makkapoyalarni o‘roq bilan qo‘zg‘ayot- ganida chaylaning ichi changib ketdi. – Tashqariga chiqib turinglar, – dedi akam. – Eshakdan ham xabardor bo‘lib turinglar, aravani olib ketib qolmasin. Chaylaning orqasiga o‘tdik. – Alisher, qor odam yasaymizmi? – dedim men. – Bo‘pti. Yur. Qayerda yasaymiz? – dedi Alisher. – Huv, ana u yerda. (O. Husanov) II. 1. Xurofotlarning puch, bema’ni va zararli ekanini sodda tilda tu- shuntirish kerak. (Oybek) 2. Navro‘zda uy-joyni tozalaydilar. 3. Bugun- gi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol) 3. Bahor. Hali yerlarda qor ko‘p. (M.Alaviya) 4. Demak, yolg‘onchilik kasaliga mubtalo bo‘lgan kishini rostgo‘y odamning qoni bilan davolasa bo‘ladi. (X. To‘xtaboyev) 5. Yurak, sensan mening sozim. (U. Nosir) 6. Kuzda tokni ko‘madilar. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling