Ona tili va bolalar adabiyoti
Ikkinchi darajali bo‘laklar
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Ikkinchi darajali bo‘laklar
To‘ldiruvchi 376-mashq. Matnni o‘qing. To‘ldiruvchilarni topib, turi va qanday ifodalan- ganini ayting. To‘ldiruvchini o‘zi bog‘lanib kelgan (boshqarayotgan) so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring. Unsin uy ishlarida kampirga ko‘maklashadi. Bolalarni yuvintiradi, eski-tuski kiyimlarni yamab-yasqab, butun qiladi. Kechqurun sho‘rva, atala-umoch, moshxo‘rda kabi ovqatlarni pishiradi. Shokir ota boshliq 181 hammalari o‘rtada baham ko‘rishadi. Lekin qiz bularni ish deb hisob- lamaydi. Unsin otaning mehnatkashligini yaxshi biladi. U otaning ishini yengillashtirishni istaydi. Dastlab ip eshib, mumlab beradi. Mahsilarga shon qoqadi, shondan tushiradi, pardozlaydi, lok surkaydi. Ammo bu bilan otaning ishi yengillashmaydi. Unsin oilaga yordam berish chora- sini ko‘p o‘ylaydi. Oxiri mahsi tikishni o‘rganishga qaror qiladi. U Shokir otadan shogirdlikka olishni so‘raydi. Ota avvaliga rozi bo‘l- maydi. Keyinchalik qizning intilishini ko‘rib, mahsi tikishni o‘rgatadi. Ota unga so‘zan, bigiz tutishni o‘rgatadi. Ziyrak qizning qo‘li darrov kelisha qoladi. (Oybek) 377-mashq. Vositasiz to‘ldiruvchilarni aniqlab, ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini tushuntiring. 1. Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. (A. Qahhor) 2. Kim bilan kovlayman bu kanalni. Kanal kovlaydigan ketmonchilarimni olib ketishdi. (I. Rahim) 3. Xayol bilan bo‘lib, baliqni aylantirishni ham unutib qo‘yibman, bunday qarasam, seli chiqib jizillayapti. (N. Fozilov) 4. Ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo‘ri yer. (Maqol) 5. Sholining orqasidan kurmak suv ichadi. (Maqol) 6. Ehe, bu ko‘sa yerlar ham shunday gullab ketsinki, odamlar bir sayr qilishni orzu qilsin. (Oybek) 7. Yaxshini ham ko‘rdi, yomonni ham. Ichidan o‘ziga loyig‘ini tanlab oldi. (J. Abdullaxonov) 8. So‘rining ustida qushlarning chug‘ur-chug‘urini eshitib yotdim. 9. Birni kessang, o‘nni ek. (Maqol) 10. Bechoraning oh-u dodini tinglang, uni xushnud qiling. 11. Men yoshlikdan otamga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim. (Oybek) 12. To‘mtoq qoshlari, chaqnagan ko‘zlari bir ko‘rganni dovdiratib qo‘- yardi. (S. Ahmad) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling