147
olganday bo‘ldi.
(A. Qahhor) 4. Safar ikkimiz yantoq ortilgan eshagi-
miz qadamiga qarab kelyapmiz. Bir jihatdan bo‘riga yem bo‘lmay
omon qolganimizga xursand bo‘lsak, ikkinchi tomondan bedana ovi-
dan mahrum bo‘lganimizga achinardik.
(N. Safarov) 5. Erta kuz kun-
laridan birida Kamol: “Singlingning to‘yi bo‘lyapti, tezda yetib keling-
lar!” degan telegramma oldi.
(Sh. Xolmirzayev) 6. Shu kuni yo‘lakka
kelib quloq soldim. Hovli jimjit, ariq bir qiyomda shovullaydi, chorvog‘
tomondan ba’zan barra ma’raydi. Qayerdadir sariq so‘piyon kiyov-
laydi... birozdan keyin hovlidan
tap-tup va shildiragan, jiringlagan
tovush eshitildi.
(A. Qahhor) 7. Bu ishning har bir varag‘idan shaxsiy
g‘araz hidi keladi-ku. – Xo‘sh, qandoq shaxsiy g‘araz ekan? – Poraxo‘r
deyiladi, poraxo‘rligiga dalil yo‘q. Xotinni zo‘rlagan, odam o‘ldirgan
deyiladi, da’vogar yo‘q.
(A. Qahhor) 8. Boya menga uchrashdi; g‘uldir-
g‘uldir qiladi, maqsadiga hech tushunolmadim. (
A. Qodiriy)
Do'stlaringiz bilan baham: