Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
302-mashq. O‘qing. Birgalik nisbat shaklidagi fe’llarni aniqlab, yasalishi va 
ma’nosini tushuntiring.
1. Askiyaga juda usta ekan, olamda dard nima, o‘lim nima ekanini 
butkul unutib, rosa kulishdik. (A. Qahhor) 2. Oldinda yo‘l boshlovchi, 
keyinda Nazirali bilan kampir balandlikka ko‘tarilishdi. (Oydin)  
3. Shuhrat oshpazga sabzi to‘g‘rashdi. 4. Otliqlar qor bosgan qirg‘oq 
bo‘ylab yarim soatcha kezishdi. (H. G‘ulom) 5. Yigit yalt etib qo‘shni 
dalaga qaradi. U yerda xotin-xalaj, bola-chaqa chuvullashib, paxta teri-
shayotgan edi. (M. Ismoiliy) 6. Ariqlar bo‘yida o‘tlar ko‘karib, chuch-
momalar gullabdi, qizchalar, ukam tengi bolalar to‘p-to‘p bo‘lib 
jag‘jag‘, otquloq uzishyapti, ko‘k beda terishyapti. (X. To‘xtaboev) 
7.Tursunboy qanorni ko‘tarishib, mashinasining tumshug‘iga olishdi. 
So‘ngra himo bilan Alijonning orqasiga qo‘ydi. (H. Nu’mon) 8. Karvon 
ketidan kelayotgan ikki sarboz orqadan eshitilgan nogahoniy chin-
qiriqdan baravar to‘xtashdi. (S. Karomatov) 9. Avaz o‘zib ketmoqchi 
bo‘ldi. Gulsum undan qolishmadi, baravar, yonma-yon chopishdi.
(P. Tursun) 10. Kutib turgan xotinlar, Kumushni ko‘rgan on, bir-
birlariga qarashib, lablarini tishlashdi. (A. Qodiriy) 
Qaysi gaplarda birgalik nisbat shakli “birgalik-ko‘plik”, qaysi gaplarda “bir-
galik-yordamlashish” ma’nosini ifodalagan? 
Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar 
304-mashq. O‘qing. Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni aniqlab, ma’nosidagi 
farqni tushuntiring. Ularni ikki guruhga ajratib yozing va bo‘lishsizlik ma’nosini 
ifodalovchi vositalar tagiga chizing. 
1. Nafisa yig‘ladi-yalindi, yalindi-yig‘ladi.. Lekin A’zamning be-
mehr ko‘ngli yumshamadi. (Shuhrat) 2. Bunday hayot bir qarichlikdan 
yo‘qchilikka, mehnatga ko‘nikib o‘sgan qizni sira bezdirmaydi. (Oy-
bek) 
3. Xalqim, moziy o‘tdi, tole ko‘rmading,
Pishirding, o‘zingga benasib taom. (A. Oripov) 
4. Jinday damimni rostlab olay, uh, haliyam oyog‘imning qaltirog‘i 
bosilgani yo‘q. (Hamza) 5. Bu safar bank vaqtida pul beribdi. Kassir 
oylik tarqatyapti. (Sh. Toshmatov) 6. Boltaboy kechki ovqatdan keyin 


144 
keldi. (A. Qahhor) 7. Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichi-
dagi tarafdorlarining hech biriga xabar bermasdan, faqat o‘z kuchiga 
ishonib, tavakkal qilib keldi. (P. Qodirov) 8. Akam birovning tomini 
teshib qamalgan emas, yo birovning haqini yegan emas. (Oybek) 9. Yu-
nusali ota shu kungacha ularning bordi-keldi gaplariga aralashmay 
chidab keldi. (S. Ahmad) 10. Yurt ishiga yaramagan bola qay ishga 
yaraydi? (S. Ahmad) 11. Kuyovning qayerda ekanini hech kim bil-
maydi. Kelin uyga qamalib olgan – na yolvorganga ko‘nadi, na alda-
ganga. (A. Qahhor) 12. Kun misday qizib ketgan, faqat adir va soy-
lardan kelgan shabada kunning taftini kesib, odamlarga orom berib tur-
moqda. (H. Nazir) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling