Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2,26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 295-mashq.
Savollar: 1. Fe’l nisbatlari deganda nima tushuniladi? 2. O‘zbek tilida fe’lning qanday nisbat shakllari bor? 3. Aniq nisbat nima? Aniq nisbatdagi fe’l qanday shaklda bo‘ladi? 4. Orttirma nisbat nima? U qanday yasaladi? 5. Majhul nisbat nima? U qanday qo‘shimcha bilan hosil bo‘ladi? 6. O‘zlik nisbat nima? Bu nisbat qanday yasaladi? 7. Birgalik nisbat nima? U qanday yasaladi? 140 8. Siz guruhlarga ajratib yozgan fe’llar qaysi nisbat shaklida? 295-mashq. Matnni o‘qing. Aniq nisbatdagi fe’llarni aniqlang. Yomg‘ir kechasi tindi. Beg‘ubor zangori osmonda lovullagan quyosh nuri koʻm-ko‘k barglar, baxmal sabzalar orasiga to‘kilmoqda. Hamma dalada. Bog‘larda ko‘klam taraddudi. O‘qishdan keyin rasm to‘garagida mashg‘ulot o‘tkazib, kechroq uyga keldim. Oyim issiq non yopib qo‘ygan ekanlar. Ovqatlanib bo‘l- ganimdan so‘ng oyim: – Darsingni keyinroq tayyorlaysan. Bobongning qorni ochib qoldi. Tezroq ovqat olib bor! – deb qo‘limga non bilan ovqatni tutqazdilar. Dalaga jo‘nadim. O‘rtog‘im Abboslarning bog‘iga yaqinlashganimda qarshimdan qafas ko‘tarib Mahkam, Xoltoy va Sharifjonlar chiqib qolishdi. (G‘ayratiy) 296-mashq. Orttirma nisbatdagi fe’llarni aniqlang. Nisbat yasovchi qo‘shim- chalar tagiga chizing. 1. Anvar boyagicha kuldi. (A. Qodiriy) 2. Umrida minbarga chiq- magan Mirvali bangi ham, o‘zicha aytganda, mehrobga so‘zga chiqib, so‘zining oxirida hammani kuldiradi. (A. Qodiriy) 3. Jo‘ra boboning to‘rig‘i uloqqa jipsroq chopdi. (T. Murod) 4. Andijonda yuz bergan vahshatlar xabarini Samarqandga yetkazish uchun loy sachratib ot choptirib borayotgan Tohir endi Quvaga yaqinlashdi. (P. Qodirov) 5. G‘ulomjon, uzoq yillar og‘ir yotib turgan kasalday, bahor va yoz pal- lalarini qishloqda istirohat bilan o‘tkazdi. (M. Ismoiliy) 6. Navoiy o‘zi tengi keladigan Mirzabekni ichkilikdan qaytarishga, unda she’r va musiqiyga havas uyg‘otishga harakat qilardi. (M. Osim) 7. U qayroqi bug‘doy unidan yog‘li patir, somsa yopdi, qatlama pishirdi. (I. Rahim) 8. – Necha marta ko‘rgansan, kelgan kuni ko‘rsatdim-ku, – dedi Erali qavat-qavat qilib buklangan xatni serjantga uzatarkan. (I. Rahim) 9. Obid aka buklama pichog‘ini tarvuzning dumiga shunday tegizishi bilan tarvuz yorilib ketdi. (O‘. Umarbekov) Orttirma nisbat shakli qanday qo‘shimchalar bilan yasaladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling