Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar:
1. Belgilash olmoshiga qaysi so‘zlar kiradi? 
2. Belgilash olmoshlarini ma’nosiga ko‘ra necha guruhga ajratish mumkin? 
287-mashq. Berilgan gaplardan gumon olmoshlarini topib, hosil bo‘lishi va 
ma’nosini izohlang. 
1. Kimdir yugurib, ichkariga qochdi, nimadir gupillab, yerga tushdi, 
nimadir polga daranglab dumaladi, sindi. (Shuhrat) 2. Bektemirga 
notanish qandaydir qushlar gala-gala bo‘lib, allaqaylarga, go‘zal, issiq 
diyorlarga safar qiladilar. (Oybek) 3. Allaqayerda kuyib-pishib bedana 
sayraydi. (Shuhrat) 4. Farg‘ona vodiysidan boshqa joylarga ekiladigan 
turp negadir achchiq ta’m, taxir mazaga ega bo‘ladi. (K. Mahmudov)
5. Jahon ota allakimning boqib qo‘ygan qo‘zisini nasiyaga olib keldi. 
(R. Rahmonov) 6. Kimningdir ko‘nglida bahor gulladi. Kimdir kim-


135 
gadir intizor bo‘ldi. (O‘. Hoshimov) 7. Qayerdadir, yer ostida, yum-
ronqoziq nimanidir kemiradi. (M. Mansurov) 8. Diktor allaqaysi 
poyezd kelganini e’lon qildi. (O‘. Hoshimov) 9. Qalaysan, uka? – birov 
kelib turtdi Yo‘lchini. (Oybek)
 
Savollar: 
1. Gumon olmoshlari qanday yasaladi? 
2. -dir qo‘shimchasi yordamida 5 ta gumon olmoshi hosil qilib bu olmoshlar 
ishtirokida gap tuzing. 
 
288-mashq. Berilgan gaplardan bo‘lishsizlik olmoshlarini topib, hosil bo‘lishi 
va ma’nosini izohlang. 
1. Anvar xususiy hayoti, ayniqsa, Ra’noga aloqasidan hech kimga 
og‘iz ochmas edi. (A. Qodiriy) 2. Hech qayerim jiddiy lat yemagan 
bo‘lsa ham, o‘zimni yomon his qildim. (O. Mo‘minov) 3. Shayboniyxon 
hali hech qaysi jangga bunchalik jon-jahdi bilan tayyorlangan emas.
(P. Qodirov) 4. Qanday qilib siz bilan mening dilim bir bo‘lsin! Hech 
qachon bir bo‘lolmaydi. Aksincha, o‘t bilan suvdek zid. (P. Tursun)
5.– Odamning qo‘lidan kelmaidigan hech bir ish yo‘q, – dedi Saodat-
xon, – odam hamma narsadan zo‘r. (S. Zunnunova) 6. Dunyo hamon 
osoyish, charog‘on-u chiroyli – qarab hech to‘ymaysan. (M. M. Do‘st) 
7. Sendan hech sirimni yashirmayman. (A. Qahhor) 8. Bu yigit boshqa 
hech ishda o‘zini ko‘rsatmagan edi, shu ishga qo‘ydik, bunda o‘zini 
ko‘rsatdi. (A. Qahhor) 
 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling