Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
214-mashq. Berilgan misollardan qo‘shma so‘zlarni aniqlab, namunadagidek tahlil qiling. Namuna: moviyrang – yasama so‘z, qo‘shma so‘z, kompozitsiya usuli bilan yasalgan, yasovchi qismlar moviy va rang, sifat va otdan sifat yasalgan; darak bermoqda – yasama so‘z, qo‘shma so‘z, kompozitsiya usuli bilan yasalgan, yasov- chi qismlar darak va ber, ot va yordamchi fe’ldan fe’l yasalgan; olib kelardi – yasama so‘z, qo‘shma so‘z, kompozitsiya usuli bilan yasalgan, yasovchi qismlar olib va kel, fe’l va fe’ldan fe’l yasalgan. 1. Hilvirab pishgan yoki endi yetilib kelayotgan olma-yu o‘riklarning xushbo‘y hidi anqiydi. (M. Xidir) 2. Vatanga muhabbat uning dalalari, qir-adirlari, moviyrang tog‘lari, dasht-u sahrolariga bo‘lgan muhabbat- dan boshlanadi. (X. Davron) 3. Ammo chizgani o‘ziga yoqmadi, ikkinchi, uchinchisi ham ma’qul kelmadi. (N. Norqobil) 4. Manavi ko‘ksultonni qara-ya, salkam olxo‘ridek keladi. (M. Xidir) 5. Gohida kichik, hidli handalakchalar olib kelardi. (Sh. Sa’dulla) 6. Qilayotgan ishi uni o‘ziga qattiq mahliyo qilib qo‘ygan edi. (N. Norqobil) 7. Mana- vinisi o‘zimiz cho‘miladigan ko‘l, bunisi podayotoq... (N. Norqobil) 97 8. – Sen oyog‘ing ostidagi yertutni ko‘rmapsan-a. (M. Xidir) 9. Salqin kechalar, ertalab maysa-ko‘katlar, dov-daraxtlar barglarini bezaydigan shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda. (“Saxovatli fasl” matnidan) 10. Birozdan so‘ng bobom aytgan Shoyim tog‘a mashinasida yetib keldi. (A. Jo‘rayev) 11. Toshkent ko‘chalaridan avtobus, tram- vaylar qatnaydi. Bulardan tashqari yerosti temiryo‘li – metro qurilgan. Toshkentda O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi, ikkita temir- yo‘l vokzali, avtovokzallar bor. (M. Hamidova) 12. Buni sezgan Erdon tog‘a bobomni bir piyola choyga taklif qildi. (A. Jo‘rayev) 13. – Hosilga baraka! – deb qichqirishdi ular bizlarni ko‘rib. Keyin yaqin kelib, hayron qolishdi. (Sh. Sa’dulla) 14. Fe’li keng, saxovatli, mehmondo‘st o‘zbeklarning dong‘i hamma yoqqa ketgan. (Mirmuhsin) 15. Oltinchi: maqbaraga, qabristonga borsang, salom ber. (Husayn Voiz Koshifiy) 16. Bizning Qalandar boy kuzda kambag‘allarning paxtasini arzon- arzon sotib olib, saroyiga bosib qo‘yadi. (M. Ismoiliy) 215-mashq. Berilgan so‘zlar ichidan o‘zakdosh so‘zlarni topib, guruhlab yozing. O‘zagini ko‘rsating. Tekis, uzumzor, tekisla, tekisroq, uzumchilik, uzumni, toza, aybli, bosh, tozala, aybsiz, suvsiz, suvlar, tozalik, aybdor, aybni, suvchi, suvi, suv, boshla, qora, yozuvchi, bosh, suvchilik, boshliq, yoz, sez, sezgi, qovur, sezilarli, qovurdoq, tekislik, sezgir, qovurg‘a, qovurtir, qovur- ma, qon, qorala, qoniq, yozma, uzum, gulchi, qona, gulzor, qondosh, qonli, qoniqarli, gul, suvsa, qoray. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling