Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belkurak 99 bilan
- Dars boshlandi. 11. Dars boshlandi 12. Dars boshlandi!
218-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z va gaplarning grammatik ma’nosini izohlang va ularda grammatik ma’no qanday vosita bilan ifodalanganini ayting. 1. Qani, yur! (X. To‘xtaboyev) 2. Sovliq oldinga qarab yurdi, qo‘zi- choq orqasidan yugurdi. (S. Anorboyev) 3. Poytaxtimizda ko‘p qavatli osmono‘par binolar, istirohat bog‘lari, mehmonxonalar bor. (M. Ha- midova) 4. – Mening tomirchalarim tuni bilan suv axtarib chiqishdi, – dedi bitta nozikkina niholcha. (X. To‘xtaboyev) 5. Sen ovchining yo‘lidan chiqib, o‘zingni yarador ko‘rsatasan. (“Do‘stlar” ertagidan) 6. Ertalabki choyni bobom bilan birga ichdik. (G‘ayratiy) 7. Bu asboblarni o‘zlari ishlatadilar. Ketmon bilan yer chopadilar. Belkurak 99 bilan daraxtlarning tagini yumshatadilar. (M. Ismoiliy) 8. Bir odamga ham ro‘zg‘or, qozon-tovoq kerak, butlab olsang bo‘lar ekan. Hozir yeb-ichadigan payting. (S. Nurov) 9. Uzun-uzun pushtalarda katta- katta olachipor tarvuzlar dumalab yotardi. (Sh. Sa’dulla) 10. Dars boshlandi. 11. Dars boshlandi? 12. Dars boshlandi! 13. Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng go‘zal, eng tarovatli bayram sayil- laridan hisoblanadi. (M. Murodov) 14. Papkasini unutib qoldirgan Samad qaytib kirganida u xaritaga mahliyo bo‘lib termilib turardi. (N. Norqobil) Savollar: 1. O‘zbek tilida grammatik ma’no qanday vositalar bilan ifodalanadi? 2. Qaysi qo‘shimchalar grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi? 3. Qaysi grammatik ma’nolar qo‘shimcha orqali ifodalanadi? 219-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni tub, sintetik, analitik, juft, takroriy shakl kabi guruhlarga birlashtirib yozing. Ularning grammatik ma’nosini izohlang. 1. – Qara, nimani chizdim, – dedi hayajonlanib. – Qishlog‘imiz xaritasini... 2. Gohida kichik, hidli handalakchalar olib kelar edi. (Sh. Sa’dulla) 3. Quyosh nuri tushgan barglar, kech ochilgan gullar, lo‘ppi-lo‘ppi paxtalar ko‘zni qamashtiradi. (“Saxovatli fasl” matni- dan) 4. Biz oilamiz bilan boshqa qishloqqa ko‘chadigan bo‘ldik. (A. Jo‘rayev) 5. Zaynab orqasiga qaray-qaray Otabekdan uzoqlashdi. (A. Qodiriy) 6. Chaylaning orqasidan o‘tayotganimizda arava to‘xtadi. (O. Husanov) 7. Yer yuzidagi eng yirik hayvon bo‘lgan ko‘k kit yo‘l- yo‘l kitlar oilasiga mansubdir. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 8. Ran- Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling