Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
218-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z va gaplarning grammatik ma’nosini 
izohlang va ularda grammatik ma’no qanday vosita bilan ifodalanganini ayting. 
1. Qani, yur(X. To‘xtaboyev) 2. Sovliq oldinga qarab yurdi, qo‘zi-
choq orqasidan yugurdi. (S. Anorboyev) 3. Poytaxtimizda ko‘p qavatli 
osmono‘par binolar, istirohat bog‘lari, mehmonxonalar bor. (M. Ha-
midova) 4. – Mening tomirchalarim tuni bilan suv axtarib chiqishdi, – 
dedi bitta nozikkina niholcha. (X. To‘xtaboyev) 5. Sen ovchining 
yo‘lidan chiqib, o‘zingni yarador ko‘rsatasan. (“Do‘stlar” ertagidan) 
6. Ertalabki choyni bobom bilan birga ichdik. (G‘ayratiy) 7. Bu 
asboblarni o‘zlari ishlatadilar. Ketmon bilan yer chopadilar. Belkurak 


99 
bilan daraxtlarning tagini yumshatadilar. (M. Ismoiliy) 8. Bir odamga 
ham ro‘zg‘or, qozon-tovoq kerak, butlab olsang bo‘lar ekan. Hozir 
yeb-ichadigan payting. (S. Nurov) 9. Uzun-uzun pushtalarda katta-
katta olachipor tarvuzlar dumalab yotardi. (Sh. Sa’dulla) 10. Dars 
boshlandi. 11. Dars boshlandi? 12. Dars boshlandi! 13. Mehrjon 
bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng go‘zaleng tarovatli bayram sayil-
laridan hisoblanadi. (M. Murodov) 14. Papkasini unutib qoldirgan 
Samad qaytib kirganida u xaritaga mahliyo bo‘lib termilib turardi.
(N. Norqobil)
 
Savollar: 
1. O‘zbek tilida grammatik ma’no qanday vositalar bilan ifodalanadi? 
2. Qaysi qo‘shimchalar grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi? 
3. Qaysi grammatik ma’nolar qo‘shimcha orqali ifodalanadi? 
 
219-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni tub, sintetik, analitik, juft, takroriy 
shakl kabi guruhlarga birlashtirib yozing. Ularning grammatik ma’nosini 
izohlang. 
1. – Qara, nimani chizdim, – dedi hayajonlanib. – Qishlog‘imiz 
xaritasini... 2. Gohida kichik, hidli handalakchalar olib kelar edi.
(Sh. Sa’dulla) 3. Quyosh nuri tushgan barglar, kech ochilgan gullar
lo‘ppi-lo‘ppi paxtalar ko‘zni qamashtiradi. (“Saxovatli fasl” matni-
dan) 4. Biz oilamiz bilan boshqa qishloqqa ko‘chadigan bo‘ldik.
(A. Jo‘rayev) 5. Zaynab orqasiga qaray-qaray Otabekdan uzoqlashdi.
(A. Qodiriy) 6. Chaylaning orqasidan o‘tayotganimizda arava to‘xtadi. 
(O. Husanov) 7. Yer yuzidagi eng yirik hayvon bo‘lgan ko‘k kit yo‘l-
yo‘l kitlar oilasiga mansubdir. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 8. Ran-

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling