Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
da bilan taxta randalaydilar, andava bilan devor suvaydilar. (M. Ismo-
iliy) 9. – Ah, – dedi rais tizzasiga urib va qah-qah urib kulib yubordi. (Sh. Sa’dulla) 10. Bir mahal akam dadamga qarab: – Bu tol ilgari yo‘q edi-ku, qachon ekkansiz, dada? – deb so‘radi. (O. Husanov) 11. Endi uchovimiz ham piyoda yuramiz, – dedi akam. (O. Husanov) 12. – Ma- na shu ashula siz uchun yozilgan.. – Alimardonning ovozi negadir titrab ketdi. (O‘. Hoshimov) 13. Ustiga-ustak, surunkasiga paxta ekil- gan yerlar oriqlab, hosil kamayadi, har xil qurt-qumursqa ko‘payadi. (S. Siyoev) 14. Do‘stlar bilan o‘z kasbimiz to‘ylashdik biz, Baland- baland cho‘qqilarni bo‘ylashdik biz. (S. Abdulla) 15. Ishning og‘irini 100 o‘z gardanimga olaman: puli, oziq-ovqat, asbob-uskunasi, ulovi men- dan; mehnat – xalqdan. (M. Ismoiliy) 16. Ozod sal orqaga tisarilib: – Nosir, to‘xtab tur! – dedi sekin. (M. Xidir) 17. Etak-etak paxtani ikki qo‘llab terganman, Gektaridan yuz-yuzlab paxta beray deganman. (Qoshiqdan) 18. Katta buloqning irmog‘i kichik buloqnikiga qaraganda kuchliroq edi. (H. Po‘latov) Savollar: 1. O‘zbek tilida grammatik shaklning qanday turlari bor? 2. Tub shakl deganda nimani tushunasiz? 3. Sintetik shakl nima? Misol keltiring. 4. Analitik shakl nima? Misol keltiring. 5. Juft shakl deganda nimani tushunasiz? Juft shakl qanday grammatik ma’no ifodalaydi? 6. Takroriy shakl nima? Takroriy shakl qanday grammatik ma’no ifodalaydi? 220-mashq. Gaplarni o‘qing. Ularda qo‘llangan so‘zlarni mustaqil, yordamchi, undov, taqlid va modal so‘zlarga ajratib yozing. 1. Bahor. Adirlarda g‘ir-gʻir shabada esadi. (Y. Shamsharov) 2. – Voy bechora-ey, yaqinda tug‘ilgan ekan! Uyasini traktor buzibdi-da. (N. Fo- zilov) 3. Musavvir tabiat qo‘liga nafis bo‘yoqlarini oldi. Tog‘-u qirlarni boychechag-u binafsha bilan, daraxtlarni kurtaklar bilan bezadi. (D. Kamoljonova) 4. Uchrashuvimiz oxirlaganda birdan aravachada o‘tirgan qiz o‘rnidan turib ketdi. (E. Malikov) 5. Qashqarda “Qoraqan- dak” degan o‘rik bor, faqat o‘sha yerda o‘sadi u. Quruq, suvsiz yerni xohlaydi, shekilli. (X. To‘xtaboyev) 6. U ro‘parada nimaningdir pish- qirganini, to‘p-to‘p tuyoq tovushini aniq eshitdi. (M. Xidir) 7. – Albatta, bu paytda Sirdaryoning suvi toshib, yon-veridagi to‘qayzorlarga, ko‘l- ko‘lmaklarga chiqadi. (N. Fozilov) 8. – Voybo‘! Dunyoda qanday mard o‘g‘lonlar bor-a! (“O‘g‘lon” rivoyatidan) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling