Ona tili va bolalar adabiyoti
choq kambag‘alni tasvirlar edi. (Oybek) 9. Shaharlik katta bir odamning oldiga yirtiq va kirlan-gan qishloqcha
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO‘Z YASALISHI 212-mashq.
choq kambag‘alni tasvirlar edi. (Oybek) 9. Shaharlik katta bir odamning
oldiga yirtiq va kirlan-gan qishloqcha kiyim bilan qanday borib kira olardim? (S. Ayniy) Tog‘ etagidagi qishloqchada yashaymiz. Savollar: 1. Shakldosh qo‘shimcha deganda nimani tushunasiz? 2. Yana qanday shakldosh qo‘shimchalarni bilasiz? 95 SO‘Z YASALISHI 212-mashq. Berilgan so‘zlarni tub va yasama so‘zlarga ajrating. Yasama so‘zlarning yasalish usulini tushuntiring. Hurlik, mustaqillik, boy, tarix, umumxalq, madaniyat, mukammal, sport, mehmondo‘st, soy, hovliqma, beshiktervatar, yoshlik, tosh- ko‘mir, topqir, oshqovoq, savdogar, kamaymoq, kamhosil, mehnat- kash, fojiali, ko‘maklashmoq, ozod, odam, ari, salom bermoq, sim- yog‘och, ovlamoq, lashkarboshi, baliq, chinnigul, qo‘shiq, asalari, lay- lakqor, samarali, osh, mingoyoq, olibsotar, soat, bodomqovoq, katta qilmoq, go‘zallik. Savollar: 1. So‘z yasalishi bo‘limida nima o‘rganiladi? 2. Tub so‘z nima? 3. Yasama so‘z nima? 4. Yasalish asosi, yasovchi komponent, yasovchi qo‘shimcha, yasalma terminlari nimani anglatadi? 5. O‘zbek tilida so‘z yasashning qanday usullari mavjud? 6. Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishi deganda nimani tushunasiz? 7. Kompozitsiya usuli bilan qanday so‘zlar hosil qilinadi? 8. Sodda so‘z bilan qo‘shma so‘zning farqi nimada? 9. Qo‘shma so‘z so‘z birikmasidan nimasi bilan farq qiladi? 213-mashq. Matnlardan affiksatsiya usuli bilan yasalgan so‘zlarni topib, namunadagidek tahlil qiling. Namuna: mustaqillik – sodda yasama so‘z, affiksatsiya usuli bilan yasalgan, yasalish asosi mustaqil, yasovchi qo‘shimcha -lik, sifatdan ot yasalgan. I. 1991-yil 31-avgust O‘zbekistonimiz uchun asrga tatigulik kun bo‘ldi. Shu kundan boshlab O‘zbekiston zaminida mardona “mustaqil- lik” so‘zi tilimizga ko‘chdi, ongimiz, tilimizdagi qulf sharaqlab ochilib ketdi. O‘tgan davr mobaynida yoshi ulug‘lar ham, yoshi kichiklar ham qayta tug‘ildi. Bobomiz sohibqiron Amir Temurni tanidik. Shoh va shoir, sarkarda Bobur mirzoning ruhini shod etdik. Imom al-Buxoriy va Imom at-Termiziy, Bahovuddin Naqshbandiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ali Romitaniy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi yuzlab ajdodla- rimizni bilib oldik. 96 Istiqlolga erishgach, qisqa muddat ichida O‘zbekiston dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoriga chiqib oldi. Bunda mashinasozlik, samolyotsozlik kabi sanoat tarmoqlari, yer osti qazilma boyliklari, qish- loq xo‘jaligi katta ahamiyat kasb etadi. O‘tgan yillar ichida O‘zbekiston o‘z bug‘doy zaxirasiga ega bo‘ldi. “O‘zbekiston bug‘doyi” degan so‘zlar til boyligimizdan mustahkam o‘rin egalladi. Toshkent, Buxoro, Xiva hamda Samarqanddagi tarixiy obidalarga e’tibor kuchaydi. Bugun qishloqlarimizga sanoat kirib bormoqda. Dunyoning eng so‘nggi texnikasi O‘zbekistonga ko‘chib kelmoqda. (S. Barnoyev) II. Mehrjon bilan Navro‘z o‘zbeklarning eng go‘zal, eng tarovatli bayram sayillaridan hisoblanadi. Chunki ular xalqchil, hayotiy an’ana- lardir. Navro‘z bahor kirishi, qishning ayozli kunlaridan uzil-kesil qutulib, yangi kun, yangicha hayotning boshlanishini nishonlash bayramidir. Mehrjon esa hosil ko‘tarib, qishga tayyorgarlik ko‘rishdir, to‘kin- sochinlikka shukronalik, hayotga muhabbat ramzidir. Xalq kuzgi bayram sayilining nomini “Mehrjon” deb bilib qo‘ygan. U dehqon yil bo‘yi qilgan mehnatining lazzatini totib ko‘rayotgan paytda – 25-sentabrga o‘tar kechasi nishonlanadi. (M. Murodov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling