Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

209- mashq. Berilgan so‘zlardan -li, -dor, ser-, ba-; -siz, no-, be--soz, -chi; 
-chi, -shunos qo‘shimchalari yordamida yangi so‘z hosil qiling. Bu qo‘shim-
chalar orasidagi ma’no munosabatini izohlang. 
Davlat, shira, suv, ma’no, odob; aql, o‘rin, iloj, to‘g‘ri, odob; soat, 
arava; adabiyot, tarix, baliq. 


Savollar:
1. Qo‘shimchalar ma’nodoshligi deganda nimani tushunasiz? 
2. Ma’nodosh qo‘shimchalar doim ham bir-birini almashtira oladimi? 
3. Nima uchun no- qo‘shimchasi -siz, be- qo‘shimchalari bilan ko‘p holda 
ma’nodoshlik hosil qilmaydi? 
 
210-mashq. Berilgan so‘zlardagi so‘z yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang. Bu 
qo‘shimchalar orasidagi ma’no munosabatini tushuntiring. 
Baxtli, baxtsiz, insofli, insofsiz, qurolli, qurolsiz, yog‘li, yog‘siz; 
odobli, beodob, iboli, beibo, suvli, besuv, mulohazali, bemulohaza, 
fayzli, befayz, mehrli, bemehr, quvvatli, bequvvat; babaraka, bebaraka, 
bama’ni, bema’ni, bahuzur, behuzur, baquvvat, bequvvat, baodob, be-
odob, batartib, betartib, bavosita, bevosita, bamaza, bemaza; sersuv, 
suvsiz, sermulozamat, mulozamatsiz, serg‘ayrat, g‘ayratsiz, sermashaq-
qat, mashaqqatsiz, sergo‘sht, go‘shtsiz, serunum, unumsiz; go‘shtdor, 


94 
go‘shtsiz, aybdor, aybsiz, shirador, shirasiz, unumdor, unumsiz; o‘rinli, 
noo‘rin, insofli, noinsof, tayinli, notayin, umidli, noumid. 
 
Zid ma’noli qo‘shimchalar deganda nimani tushunasiz? Yuqoridagi soʻzlar 
qanday yasalgan? 
 
211-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ma’noli qismlarga boʻling va 
shakldosh qo‘shimchalarni aniqlang. 
1. 
Tilma zovurdan chiqib, tuproq uyumidan sakrab o‘tgan Alijon 
qaytarma etigiga yopishgan tuproqni jahl bilan qoqdi. (H. Nu’mon)
2. Gapirilgan gaplarni qaytarmang-da, hatto o‘zingiz aytgan gaplarni 
takrorlayotirsiz! Konkret faktlarga o‘ting. (A. Qahhor) 3. Alijon kabob 
sixidan bir to‘g‘ram sersel qaynoq go‘shtni og‘ziga soldi. (H. G‘ulom) 
4. Ko‘zimni ochsam, o‘zimga ikkita keladigan galvarsday yigit yerda 
dumalab yotibdi. (S. Siyoyev) 5. Dasturxonni yig‘uvchi kelinchakka 
o‘g‘il tilab duo qilganlaridan keyin, qo‘liga o‘ttiz chaqa surma puli 
berdilar. (A. Qodiriy) 6. Sodda, bolalari uchun kuyinchak, qo‘ni-qo‘sh-
nilar, aqrabolar bilan hamisha xushmuomala ayol. (Oybek) 7. Toy-
choqlar quloqlarini chimirib, kishnashib, o‘ynoqlashib, gala-gala 
bo‘lib, quduqqa tashlanishdi. (I. Rahim) 8. Qo‘sh belbog‘ chapani-
chasiga past bog‘langan, yurishi ham oliftalarga taqlidni ko‘rsatar; 
uning butun qomati, hamma harakatlari o‘ziga zeb bergan, maqtan-

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling