Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
214-mashq. Berilgan misollardan qo‘shma so‘zlarni aniqlab, namunadagidek 
tahlil qiling. 
Namuna: moviyrang – yasama so‘z, qo‘shma so‘z, kompozitsiya usuli bilan 
yasalgan, yasovchi qismlar moviy va rang, sifat va otdan sifat yasalgan; darak 
bermoqda – yasama so‘z, qo‘shma so‘z, kompozitsiya usuli bilan yasalgan, yasov-
chi qismlar darak va ber, ot va yordamchi fe’ldan fe’l yasalgan; olib kelardi – 
yasama so‘z, qo‘shma so‘z, kompozitsiya usuli bilan yasalgan, yasovchi qismlar 
olib va kel, fe’l va fe’ldan fe’l yasalgan. 
 
1. Hilvirab pishgan yoki endi yetilib kelayotgan olma-yu o‘riklarning 
xushbo‘y hidi anqiydi. (M. Xidir) 2. Vatanga muhabbat uning dalalari, 
qir-adirlari, moviyrang tog‘lari, dasht-u sahrolariga bo‘lgan muhabbat-
dan boshlanadi. (X. Davron) 3. Ammo chizgani o‘ziga yoqmadi, 
ikkinchi, uchinchisi ham ma’qul kelmadi. (N. Norqobil) 4. Manavi 
ko‘ksultonni qara-ya, salkam olxo‘ridek keladi. (M. Xidir) 5. Gohida 
kichik, hidli handalakchalar olib kelardi. (Sh. Sa’dulla) 6. Qilayotgan 
ishi uni o‘ziga qattiq mahliyo qilib qo‘ygan edi. (N. Norqobil) 7. Mana-
vinisi o‘zimiz cho‘miladigan ko‘l, bunisi podayotoq... (N. Norqobil)


97 
8. – Sen oyog‘ing ostidagi yertutni ko‘rmapsan-a. (M. Xidir) 9. Salqin 
kechalar, ertalab maysa-ko‘katlar, dov-daraxtlar barglarini bezaydigan 
shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda. (“Saxovatli fasl” 
matnidan) 10. Birozdan so‘ng bobom aytgan Shoyim tog‘a mashinasida 
yetib keldi. (A. Jo‘rayev) 11. Toshkent ko‘chalaridan avtobus, tram-
vaylar qatnaydi. Bulardan tashqari yerosti temiryo‘li – metro qurilgan. 
Toshkentda O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi, ikkita temir-
yo‘l vokzali, avtovokzallar bor. (M. Hamidova) 12. Buni sezgan Erdon 
tog‘a bobomni bir piyola choyga taklif qildi. (A. Jo‘rayev) 13. – Hosilga 
baraka! – deb qichqirishdi ular bizlarni ko‘rib. Keyin yaqin kelib
hayron qolishdi. (Sh. Sa’dulla) 14. Fe’li keng, saxovatli, mehmondo‘st 
o‘zbeklarning dong‘i hamma yoqqa ketgan. (Mirmuhsin) 15. Oltinchi: 
maqbaraga, qabristonga borsang, salom ber. (Husayn Voiz Koshifiy)
16. Bizning Qalandar boy kuzda kambag‘allarning paxtasini arzon-
arzon sotib olib, saroyiga bosib qo‘yadi. (M. Ismoiliy)  
215-mashq. Berilgan so‘zlar ichidan o‘zakdosh so‘zlarni topib, guruhlab 
yozing. O‘zagini ko‘rsating. 
Tekis, uzumzor, tekisla, tekisroq, uzumchilik, uzumni, toza, aybli, 
bosh, tozala, aybsiz, suvsiz, suvlar, tozalik, aybdor, aybni, suvchi, suvi, 
suv, boshla, qora, yozuvchi, bosh, suvchilik, boshliq, yoz, sez, sezgi, 
qovur, sezilarli, qovurdoq, tekislik, sezgir, qovurg‘a, qovurtir, qovur-
ma, qon, qorala, qoniq, yozma, uzum, gulchi, qona, gulzor, qondosh, 
qonli, qoniqarli, gul, suvsa, qoray. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling