Ona tili va bolalar adabiyoti


-mashq. Gaplarni o‘qing. Otga -lar


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

234-mashq. Gaplarni o‘qing. Otga -lar qo‘shimchasi ortiqcha, noo‘rin qo‘-
shilgan holatlarni topib, qoida asosida izohlang.
1. Anjir O‘zbekistonning hamma viloyatlarida o‘sadi. (K. Mahmu-
dov) 2. Yerosti suvlaridan turli maqsadlarda foydalanish uchun jum-
huriyat hududida 40825 ta burg‘i qudug‘i qazilgan. («Fan va turmush» 
jurnalidan) 3. Bu vaqtda avtobus bekatida odamlar ko‘p edi. (“Davr” 
axborot dasturidan) 4. Musobaqada 1, 2, 4, 5, 9, 10, 11, 15, 31- o‘rta 
maktablardan 64 nafar sportchilar ishtirok etdilar (“Ma’rifat” gaze-
tasidan). 5. Adir va tog‘larda bug‘doyiq va har xil o‘tlar o‘sadigan 
yaylovlar bor. (“O‘zbekiston geografiyasi” kitobidan) 6. Qaynamagan 
suvda zararli mikroblar ko‘p bo‘ladi. (Gazetadan) 7. Tovushlar yozuv-
da harflar bilan ifodalanadi. (“Ona tili” darsligidan) 8. Otlardan sifatlar 
yasang. (“Ona tili” darsligidan) 9. Oyning nomlarini fasllarga bo‘lib 
yozing. (“Ona tili” darsligidan) 10. Chiziqchalar o‘rniga berilgan 
otlarga xos fe’llar tanlab, gaplar tuzing. (“Ona tili” darsligidan)
11. Davr o‘tishi bilan eskirib qolgan so‘zlar va iboralar umumnutqdan 
chiqib ketadi: unga yangi so‘zlar va iboralar qo‘shiladi. (“Ona tili” 
darsligidan) 12. Avval otlarni, keyin sifatlarni, so‘ng fe’llarni ko‘chi-
ring. (“Ona tili” darsligidan) 13. Tashuvchi raketalar sun’iy yuldosh-
larni, kosmik kemalarni, orbital stansiyalarni, sayyoralararo kosmik 


107 
kemalarni kosmosga eltadi. (“Gulxan” jurnalidan) 14. Barxanlar 
qanday hosil bo‘ladi? (“Boshlang‘ich ta’lim jurnalidan) 15. Kampir 
ko‘ngli bo‘shashib, hasratga tushdi: u yaqinda kelinidan ajralib, beshta 
go‘dak nevaralar bilan qolibdi, g‘amdan o‘zini oldirib qoyibdi. (G‘ay-
ratiy) 16. Javonda o‘quv qurollari: daftarlar, kitoblar, ruchkalar, har xil 
qalamlar saqlanadi. (“Ona tili” darsligidan)
Matbuot, radio, televideniyedan -lar qo‘shimchasi ortiqcha, noo‘rin qo‘llan-
gan 15 ta misol topib yozing. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling