Ona tili va bolalar adabiyoti


-mashq. Berilgan otlarni aniq va mavhum otlarga ajrating. Aniq va mav- hum otlarga -lar


Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/206
Sana21.09.2023
Hajmi2,26 Mb.
#1684038
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

224-mashq. Berilgan otlarni aniq va mavhum otlarga ajrating. Aniq va mav-
hum otlarga -lar qo‘shimchasini qo‘shib ko‘ring va ma’nosini izohlang. 
Qalam, fikr, orzu, boychechak, suv, ma’no, alam, shahar, tok, terak, 
kuch, quvvat, loqaydlik, niyat, varrak, daryo, mehr, vafo, miltiq, qanoat, 
himoya, saxovat, tulki, tulkilik, mohiyat, tafakkur, ko‘ngil, g‘or, 
muvaffaqiyat, shaftoli, uzuk, shubha, g‘amxo‘rlik, shafqat. 
Savollar: 
1. Aniq ot nima? 
2. Mavhum ot nima? 
3. Aniq otga -lar qo‘shilganda qanday ma’no ifodalanadi? 
4. Mavhum otga -lar qo‘shilganda qanday ma’no ifodalanadi? Nima uchun 
mavhum otga doim ham -lar qo‘shimchasi qo‘shilavermaydi? 
225-mashq. She’rni o‘qing. Mavhum otlarni aniqlab, ma’nosini izohlang. 
Mavhum otlarga ma’nodosh so‘zlar toping. 
ISHONCH KO‘PRIKLARI 
Yuzdan parda ketsa, 
Dildan diyonat, 
Mehr rishtalari zimdan uzilsa; 
Yuraklarni bossa shubha, xiyonat, 
Ishonch ko‘priklari buzilsa; 
Yetimlar haqidan qo‘rqmasa birov, 
So‘qmoqqa aylanib ketsalar yo‘llar; 
Qiblagohlar osiy, tug‘ishganlar yov, 
G‘aznalarga cho‘zilsa qo‘llar; 
Bolalar ruhiga hayot degan dars 
Manmanlik urug‘in joylasa; 
Oshiqlar ko‘chada ma’shuqasin emas, 
Kimningdir qadamin poylasa. 
Elning shoirlari g‘anim zotlar kabi 
Bir-birlarin g‘ajib-yesalar; 
Minbarlarga chiqsa ko‘cha-ko‘yning gapi 


103 
Andishani qo‘rqoq desalar… 
Bunday yurtda endi qirg‘in shart emas
Vabo ham qochadi undan yiroqqa; 
Hatto daryolari qurir basma-bas, 
Hatto tuproqlari tushar titroqqa. 
Xalqim, bundaylarni ko‘rgansan azal, 
Ko‘p chekkansan ular ozorin, dog‘in, 
Sen yengib o‘tgansan, lekin har mahal, 
Xalqim, topinaman o‘zingga tag‘in. (A. Oripov) 
226-mashq. Berilgan mavhum otlarni: 1) belgi-xususiyatni ifodalovchi 
otlar; 2) munosabatni ifodalovchi otlar; 3) kasb-kor, faoliyatni ifodalovchi otlar 
kabi guruhlarga ajrating, guruhlarni davom ettiring. 
Paxtachilik, adolat, mehr, shafqat, pazandachilik, berahmlik, aloqa, 
zulm, go‘zallik, ozodalik, g‘azab, tirishqoqlik, nafrat, nodonlik, 
kemasozlik, sadoqat, yozuvchilik, shubha, ilmsevarlik, mug‘ambirlik, 
mehmondo‘stlik, zargarlik, g‘iybatchilik, gilamdo‘zlik, hasad, shoirlik, 
manmanlik, odamiylik, raqobat. 
227-mashq. Insondagi ijobiy va salbiy xususiyatlarni bildiruvchi so‘zlarni ikki 
ustunchaga yonma-yon yozing. Shu so‘zlardan 4 tasini qatnashtirib gap tuzing. 
Namuna: 
Insonning ijobiy xususiyatlari 
Insonning salbiy xususiyatlari 
 
rostgo‘ylik 
 
sadoqat 
 
yolg‘onchilik 
 
xiyonat 
228-mashq. Berilgan otlarni yakka va jamlovchi otlarga ajratib yozing. 
Qalam, barg, xalq, guruh, baliq, to‘da, qo‘y, tosh, echki, poda, daryo, 
olomon, armiya, jurnal, omma, qo‘shin, bo‘linma, o‘rdak, gala, to’p-
lam, el, uyum, mashina, karvon, daraxt, g‘oz, uyur, jamoa, ot, so‘z, 
suruv, dasta, o‘rik, turkum, roman, toifa, qo‘ng‘iz, ohu, koptok, aholi, 
olomon. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling