Poyi qadamingdan aylanay Navro’z O’quvchilar “Binafsha” guruhi ijro etgan “Kamolot


Download 33.99 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1324566
  1   2   3   4
Bog'liq
Navro’z -bahor bayrami


Navro’z -bahor bayrami
Mundarija

  1. Navro’z -bahor bayrami 

  2. Poyi qadamingdan aylanay Navro’z

  3. Navro’zing muborak O’zbekistonim

Poyi qadamingdan aylanay Navro’z
O’quvchilar “Binafsha” guruhi ijro etgan “Kamolot” qo’shig’i bilan sahnaga kirib kelishadi.
Boshlovchi:
— Assalomu alaykum qadrli bayram qatnashchilari, muhtarama mehmonlar, munis onaxonlar! O’lkamizda bahor nafasi kezib yurgan ayni damlarda hamyurtlarimiz kayfiyatida ham o’zgacha ko’tarinkilik. Yosh – u qari yasharish va yangilanish, fasllar kelinchagi bo’lmish Bahoroyni allanechuk intiqlik bilan kutishadi.
Siz azizlarni bahoringiz, yangi kuningiz bo’lmish Navro’zingiz bilan muborakbod etish maqsadida 10 – maktabning — sinf o’quvchilari “Poyi qadamingdan aylanay, Navro’z” nomli bayram dasturini tayyorlaganlar. Marhamat tinglab tomosha qiling!
“Bahor valsi” yangraydi, 6 ta qiz va 6 ta o’g’il bola raqs ijro etadilar.

  • o’quvchi:

Salom senga bahor ayyomi,
Salom senga Navro’zi olam.
Senga olqish, alyorlar aytar,
Bugun har bir dili pok odam.
2 – o’quvchi:
Maysa boshin ko’tardi yerdan,
Gulbahordan bermoqda darak.
Momolar – u onaxonlar jam,
Doshqozonda qaynar sumalak.
Boshlovchi:
Aziz bolajonlar, bayramimizga Bahoroy ham tashrif buyurganlar, qani, birgalikda uni kutib olaylik – chi.
Bu qiziq>> 21 mart navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar to’plami
BAHOROY:
Men bahorman, gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Kirib keldim, aziz bolalar,
Olib keldim gul – u lolalar.
Meni derlar go’zal bahoroy,
Yetib keldim shoshib sizlarga.
Jon kiritdim, iliqlik bilan,
Maysalar – u gul, ildizlarga.
8 nafar qizlar ijrosida “Gullar” qo’shig’iga raqs.

Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling