Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
Savollar: 
1. O‘zakdosh so‘z deganda nimani tushunasiz? 
2. O‘zakka shakl yasovchi qo‘shimcha qo‘shilganda ham o‘zakdosh so‘z hosil 
bo‘ladimi? 
3. Negiz nima? 
216-mashq. Quyidagi so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish orqali yangi so‘zlar hosil 
qiling. 
Til, so‘z, shamol, gup, haq, arra, ye, tayyor, chroy, vatan, dars, loy, 
dori, yer, ijod, yon (harakat), paxta, baliq, joy, jon, zaif, zamon, zor, zot, 
xabar, ilm, yalt, inson, itoat, ish, yirt, yo‘l, yo‘q, kam, katta, kes, kerak. 
 


98 
MORFOLOGIYA 
 
217-mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning leksik va 
grammatik ma’nosi hamda grammatik shaklini namunadagidek izohlang.
Namuna: boyliklarning – leksik ma’nosi: tabiiy, moddiy resurslar majmui
grammatik ma’nosi: predmet, ot, ko‘plik, qarashlilik, gapda aniqlovchi vazifasida 
kelgan; ko‘plik son va qaratqich kelishigi shaklida kelgan. 
Tabiatning ajoyib tuhfasi – ona Yerimizdir. Yer jamiki boyliklar-
ning, ne’matlarning onasi hisoblanadi.
Tabiatni sevish, uni asrash, yon-atrofni ko‘kalamzorlashtirish, bog‘-
rog‘larga aylantirish ham ona Yerni sevish demakdir. 
Nima uchun ona Yer deymiz? 
Shuning uchunki, dunyoga keliboq uning nafasi bilan nafas olasiz. 
Birinchi qadamni uning bag‘riga qo‘yasiz. U sizni kiyintiradi, to‘y-
diradi, ardoqlaydi... Ona qo‘ynida qanday yayrab-yashnasangiz, zamin 
taftida ham o‘shanday unib-o‘sasiz, voyaga yetasiz. Onangiz sut, 
otangiz tuz bersa, ona Yer non beradi, obihayot beradi... Shuning uchun 
u eng mo‘tabar inson – ona nomi bilan bog‘lab aytiladi. 


Savollar: 
1. Grammatikada nima o‘rganiladi? 
2. Grammatika qanday tarkibiy qismlardan iborat? 
3. Morfologiyada nima o‘rganiladi? 
4. Sintaksisda nima o‘rganiladi? 
5. Morfologiya va sintaksisning bog‘liqligi nimada? 
6. Grammatik ma’no nima? 
7. Grammatik shakl nima? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling