205-mashq. Berilgan tarkibga mos so‘zlar toping.
,
,
,
.
206-mashq. So‘zlar tarkibini tahlil qilib, o‘zak, so‘z yasovchi, lug‘aviy shakl
va sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalarning tartibiga e’tibor qiling.
Paxtakorlarga, tarbiyachilardan, oqlandi, davolatdi, kasallanishga,
quyonchaga, tortmachadan, taqillatdi, bexavotir, sharafliroqdir, noo‘-
rin, yurtdoshlarimiz, abadiylashtirishni, aqlliginam, allalagani, qiynal-
madi, sergap, behollik, aravachada, quchoqlaganicha, boshlandi.
Savollar:
1. O‘zbek tilida so‘z tarkibida o‘zak va qo‘shimchalar asosan qanday tartibda
joylashadi?
2. So‘z yasovchi qo‘shimcha o‘zakdan oldin ham kelishi mumkinmi?
207-mashq. So‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajrating. Sodda va murakkab
qo‘shimchalarni ko‘rsating.
Qo‘shiqchi, barglar, loygarchilik, kattaroq, tezgina, semizroq, uyniki,
qishloq-qacha, o‘zbekchilik, borganda, temirchilik, gazlashtirish, ol-
gach, qahramonlarcha, bog‘dagi, nazokatli, tog‘day, bulbulcha, ketkaz,
93
tokzor, uyatsiz, qadrdon, sergo‘sht, sinfdosh, ko‘kalamzorlashtirish,
xafachilik, purkagich, yugurgancha, baxtli, do‘pping, xalqqa, yillardan,
qadrlash, ovoragarchilik, kuzgi, tulkining, borayotgan, suvchilik.
208
-mashq. Berilgan so‘zlarda -li, -ma, -la, -chilik, -dor, no-, be-, -siz, -lik
qo‘shimchalari qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang.
Aqlli, yeyishli, yelkali, yog‘li, qaynatma, burama, arrala, yog‘la,
tekisla, bolala, qishla, pishiqchilik, paxtachilik, tirikchilik, o‘zbek-
chilik, mansabdor, chorvador, shirador, bo‘ydor, noumid, noiloj, no-
to‘g‘ri, notinch, bedavo, beg‘ubor, beg‘am, bebaraka, tuzsiz, cababsiz,
aqlsiz, mazasiz, bolalik, zargarlik, mardlik, shoirlik.
Qo‘shimcha ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |