Ona tili va bolalar adabiyoti


Savollar:  1. So‘zlardagi qo‘shimchalar qanday qo‘shimcha deyiladi?  2. So‘z yasovchi qo‘shimcha deganda nimani tushunasiz?


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Savollar: 
1. So‘zlardagi qo‘shimchalar qanday qo‘shimcha deyiladi? 
2. So‘z yasovchi qo‘shimcha deganda nimani tushunasiz? 
 
202-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardagi luga‘viy shakl yasovchi qo‘shim-
chalarni aniqlab, ma’nosini izohlang. 
1. Mittigina, quvnoqqina, yebto‘ymasgina bir sichqoncha bor 
ekan. U suyukli onajonisi bilan birga qishloqdagi eng baland, eng ko‘r-
kam uyning kovagida yashar ekan. (A. Obidjon) 2. Baland tog‘ etagida 
ikkita katta-kichik qo‘shni buloqdan yonma-yon ikki irmoq oqib chiq-
di. Katta buloqning irmog‘i kichik buloqnikiga qaraganda kuchliroq 
edi. (H. Po‘latov) 3. O‘tgan davr mobaynida yoshi ulug‘lar ham, yoshi 
kichiklar ham qayta tug‘ildi. (S. Barnoyev) 4. – Yur, ko‘rsataman, – 
dedim-da, do‘stimni boshlab, bog‘ etagidagi qafasda turgan bo‘rsiq 
oldiga olib bordim. Qafasda turgan bo‘rsiqni har tarafga sakratib
o‘ynatib maza qildik. (G‘ayratiy) 5. O‘shanda uchinchi sinfda o‘qir-
dim. (A. Jo‘rayev) 6. Bu senga shunchaki rasm emas, xarita. Xarita 
chizish uchun kalla kerak. (N. Norqobil) 7. Uydagi qolgan-qutgan 
narsalarni yig‘ishtirib, tugunchalarga bog‘lab, kichik qutilarga joyla-
gach, bobom fotihaga qo‘shib tilovat qildilar. (A. Jo‘rayev) 8. Quyosh 
nuri tushgan barglar, kech ochilgan gullar, lo‘ppi-lo‘ppi paxtalar 
ko‘zni qamashtiradi. (“Saxovatli fasl” matnidan) 9. Yengimni shimarib 
– men, paykalda Hasan, Husan, uchalamiz zaptiga olib, atayin katta-
katta qovunlarni inqillab polizdan ko‘tarib chiqdik. (Sh. Sa’dulla)
10. Agar uyqusirab, bir yondan ikkinchi yonga ag‘darilsa yoki qattiq-
roq tovush chiqarib uyg‘otilsa, turishga harakat qilib, jarga qulab keti-
shi mumkin edi. (“Eng ulug‘ fazilat” ertagidan) 11. O‘g‘illarim, 
sizlarni yedirdimichirdim, voyaga yetkazdim(“Ilm afzal” ertagi-
dan) 12. So‘ngra otasi o‘g‘illariga bittadan novda beribdi, o‘g‘illar 
ularni bir zumda sindirishibdi. (“Ahillik – ulug‘ baxt” ertagidan)
13. – Qizginam-ey, axir kiyimlaringni har yerga tashlama, ilgakka ilib 
qo‘y, deb senga necha marta aytaman, – dedi Habiba opa uy ichini 
ko‘zdan kechirib. (M. Murodov) 


91 
14. Quyosh tushar taftidan, 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling