Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
169-mashq. Gaplarni o‘qing. Terminlarni topib, ma’nosini izohlang va qaysi
sohaga oidligini ayting. 1. Tabiatda zaryadlangan juda mayda zarralar mavjud. Zarralarning ba’zisi musbat, ba’zisi manfiy zaryadlangan. Manfiy zaryadli eng ki- chik zarra elektrondir. 2. So‘zning ikkinchi muhim belgisi uning ma’- noga egaligidir. 3. Ertaklar mavzusi va qahramonlar silsilasiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: 1. Hayvonlar haqidagi yoki majoziy ertaklar. 2. Sehrli- fantastik ertaklar. 3. Hayotiy-maishiy ertaklar. 4. Kompasdan foydala- nish uchun uni stol ustiga yoki kaftga qo‘yib, murvati buraladi. 5. Al- gebra ham xuddi arifmetikaning o‘zi, lekin algebrada sonlar bilan birga harflar ham ishlatiladi. Algebra bir-biriga o‘xshash juda ko‘p masala- larning eng qisqa va eng umumiy yechimini topishga yordam beradi. 6. Undalma ko‘pincha bosh kelishik-dagi ot bilan ifodalanganligi uchun egaga o‘xshab ketadi, chunki u ishtirok etgan gapda ko‘pincha ega tushiriladi. 7. Cho‘l qumli, gilli yoki toshli bo‘ladi. Qumli cho‘lda sha- mol qumlarni suradi, ba’zida do‘ngliklarni hosil qiladi. Bunday do‘ng- lik barxan deb ataladi. 8. Maqollar she’riy shaklda ham, nasriy shaklda ham bo‘lishi mumkin. Ular mavzu jihatdan chegaralanmagan. 9. Atash semasi leksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-buyumlik, miq- dorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlovchi semadir. 170-mashq. Berilgan terminlarning ma’nosini izohlang va qaysi sohaga oidligini ayting. Shu terminlarning 8 tasi ishtirokida gap tuzib yozing. Ega, kesim, son, aylana, undalma, kompas, nuqta, so‘z, metafora, xarita, turoq, qo‘shish, ayirish, bosh bo‘lak, yulduz, arxaizm, sayyora, osmon jismi, ot, doira, sifat, son, atoqli ot, turdosh ot, ertak, ufq, hikoya, tovush, majoz, materik, okean, bo‘g‘in, masal, istorizm, harf, alifbo, kometa, raqam, band, istiora, perimetr, bo‘lish, gap, tog‘, masshtab, asotir, tekislik, matn, janr, barxan, she’r, daryo, meteor, globus, yil, masala, maqol, adir, doston, kvadrat, topishmoq, kanal, sujet, to‘g‘ri to‘rtburchak, tenglama, tugun, obraz, adabiy ertak, anafora, cho‘l. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling